“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2021, 15:33
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 2021 yilda avia va temir yo‘l chiptalariga 30 foiz chegirma beriladi

10 yanv, 11:25 1 453 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 2021 yilda avia va temir yo‘l chiptalariga 30 foiz chegirma beriladi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2021 yilning 9 yanvar kuni «Sport va turizmni sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 2020 yilda amalga oshirilgan ishlarning tanqidiy-tahliliy natijalari hamda 2021 yilgi ustuvor vazifalar» mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi, deya xabar qilmoqda «Kun.uz».

Unda ishtirok etgan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov 2020 yilda 1 million 800 ming nafar mahalliy turistlar safari tashkil etilganini, 2021 yilda buni keskin oshirib, 7,5 million nafarga yetkazish rejalashtirilganini aytib o‘tdi.

«Prezident topshirig‘iga binoan, mahalliy aholining sayohat qilishi uchun qulay va arzon transport bilan ta’minlashda avia va temir yo‘l chiptalariga 30 foiz chegirma beriladi», – deya ma’lum qildi Abduhakimov.

Bundan tashqari, 2021 yilda transport logistikasidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida yangi avia va temir yo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Andijon va Xivani to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lovchi temir yo‘l reysi, Farg‘ona va Urganch aviareysi, Qarshidan Urganchga temir yo‘l hamda aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» dasturini jadallashtirish maqsadida yana ko‘plab chegirmalar joriy etilishi ma’lum qilindi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • 2020 yil O‘zbekistonga qancha sayyoh kelganligi ma’lum qilindi 09 yanv, 15:30
  • 2021 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi 03 dek, 20:39
  • O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishda katta chegirmalar berish rejalashtirilmoqda 06 iyun, 15:11
  • Prezident avia va temiryo‘l chiptalari narxini arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi 29 yanv, 06:29
  • «Afrosiyob» va mahalliy yo'nalishdagi poezdlarga 50 foiz chegirma joriy qilindi 24 avg, 19:27
  • Hukumat qarori: xorijga chiqishda avia va temir yo‘l chiptalariga imtiyozlar beriladi 23 yanv, 21:15
  • So'nggi yangiliklar
  • «UzAuto Motors» xalqaro moliya bozoriga ilk qimmatli qog‘ozlarini chiqarmoqda 23 apr, 15:11 0
  • Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit «Neksiya»da yuk avtomobiliga urildi 23 apr, 14:44 1
  • «Qoplamaning xizmat qilish muddati belgilanmagan» — Senat avtoyo‘llar borasidagi kamchiliklar haqida 23 apr, 14:12 2
  • DSQ hisobvaraq-fakturalar tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi 23 apr, 13:43 60
  • 24 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 23 apr, 13:13 144
  • Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi 23 apr, 12:40 429
  • 1 iyundan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin 23 apr, 12:12 245
  • O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi 23 apr, 11:30 328
  • Dunyoning eng qimmat shahrida o‘n minglab uylar bo‘shab qoldi 23 apr, 10:46 705
  • "Paxtakor"ga qarshi bahs haqida Shukurovning ustozi nimalar dedi? 23 apr, 10:23 493
  • Ruslanbek Davletov: “Amaldorlarning xarajatlari ochiqlanishi kerak” 23 apr, 09:50 527
  • Ukrainlar rus bosqiniga qarshi birlashmoqda 23 apr, 09:13 1 104
  • Bo‘limlar