“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 22:31
ЎЗO‘Z

Go‘shtning foydali va zararli turlari

09 yanv, 23:30 3 546 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Go‘shtning foydali va zararli turlari Foto: «Liza»
Go‘shtni salomatlik uchun foydali deb bo‘lmaydi, ammo bu undan butkul voz kechish kerakligini bildirmaydi. Go‘sht oqsil, B 12 va temir moddasining koni hisoblanadi. Organizmda muammo kuzatilmasligi uchun to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilish kerak. Shifokorlar likopchaning to‘rtdan bir qismida go‘sht, qolganida sabzavotlar, dukkakli hamda o‘simlik mahsulotlari bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi.

Foydali:

Yog‘siz
Parhezshunoslarining fikricha, taomni yog‘siz go‘shtdan tayyorlash kerak. Do‘kondan tarkibida yog‘ 10 gr ko‘p bo‘lmagan go‘sht xarid qilish kerak. Ovqat pishirish jarayonida esa undagi yog‘li bo‘lakni kesib olib tashlash zarur.

Kurka go‘shti
Kurka go‘shtida yurak, hazm jarayoni, miya faoliyati umuman organizm uchun kerakli bo‘lgan barcha moddalar mavjud. Kurkaning soni boshqa qismlariga nisbatan yog‘li bo‘lishiga qaramay, foydali va temir moddasining koni sanaladi.

Tovuq go‘shti
Tadqiqotlarda tovuq go‘shti vaznni me’yorda bo‘lishi va kishi o‘zini yaxshi his qilishida muhim rol o‘ynashi aniqlangan. Oq tovuq go‘shti fosfor va riboflavinning, qizili esa rux moddasining koni.

Yog‘siz mol go‘shti
Mol go‘shti oqsil va ozuqa moddalarining manbayi. Agar uning tabiiysini tanlansa, antioksidant va E vitamining koni hamdir. Ammo ko‘mirda pishirilgan go‘shtni iste’mol qilmagan yaxshi. Chunki bu saraton xavfini rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Zararli:

Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari
Sosiska, kolbasa singari qayta ishlangan go‘sht mahsulotlaridan voz kechish, hech bo‘lmasa tiyilishni bilish kerak. Tadqiqotlarda natriy va to‘yingan yog‘larga boy bo‘lgan ushbu mahsulotlarning yo‘g‘on ichak saratonini keltirib chiqarishi ma’lum bo‘lgan. Katta miqdordagi natriy yurak kasalliklari, qandli diabet va insult xavfini ko‘paytiradi.

Yog‘li go‘sht
Yog‘li go‘sht xolesterin miqdorini oshirib, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini rivojlantiradi. Tovuq go‘shtining terisi va boldiri hamda restoranlardagi steyklar ham yog‘li hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 81
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 238
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 142
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 235
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 361
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 9
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 60
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 35
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 77
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 71
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 33
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 132
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 92
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 90
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 175
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 66
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 126
  • Bo‘limlar