“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 02:10
ЎЗO‘Z

Baqiroq qaynona — Gulnora Tolipova 50 ming so‘m uchun Lolaning uyini tozalaganini aytdi

07 yanv, 19:00 12 323 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Baqiroq qaynona — Gulnora Tolipova 50 ming so‘m uchun Lolaning uyini tozalaganini aytdi Foto: Instagram / @guli_888888888
Gulnora Tolipova «Jurnalist», «Sevgi» va «Shukrona» kabi seriallardagi baqiroq, injiq qaynona obrazi bilan tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Aktrisa jurnalist Nargiza Murodova bilan suhbatda murakkab hayot yo‘li haqida so‘zlab berdi.

«Pulimiz yo‘q, san’atkor bo‘la olmaysan»
— Toshkentdagi besh bolali xizmatchi oilasida dunyoga kelganman. Otam oddiy quruvchi, onam esa zavodda ishchi edi. Bolaligimdan san’atga qiziqqanim bois, 4 yoshimdan Shermat Yormatov rahbarligidagi «Bulbulcha» bolalar xoriga qatnashganman. To‘qqiz yoshimda tushimga O‘zbekiston xalq artisti Zaynab Sadriyeva kirib, meni duo qilgandi. Afsuski, maktabni tamomlaganimdan keyin orzularim sarob ekanini angladim. Oilamizdagi moddiy qiyinchiliklar sabab, onam o‘qishni davom ettirolmasligimni tushuntirdi va bolalar bog‘chasiga ishga joylashdim.

«O‘zimni o‘ldirishga uringanman»
— 16 yoshimda xolamning qistovi bilan Sirdaryoga turmushga chiqdim. Bola bo‘lganim uchun ham katta hayotga moslashib ketishim oson kechmadi. Turmush o‘rtog‘imning yaqinlari bilan til topishib ketdim, ammo u bilan kelisholmadik. Besh yil ichida bir ayol qancha xo‘rlanishi mumkin bo‘lsa, shuncha azobni boshimdan o‘tkazdim. Uning asossiz rashki sabab ko‘p marotaba kaltaklandim, haqoratlandim. Ammo bir kuni uning rus ayol bilan don olishishidan xabar topib, o‘z jonimga qasd qildim. Tomirimni kesgach, shifokorlar ko‘magida oyoqqa turdim. Shundan so‘ng o‘g‘limni olib Toshkentga qaytishga qaror qildim. Ammo bu yerda qiyinchiliklar undan oz emasdi.

Foto: Instagram / @guli_888888888
«Militsiyachilar tog‘oradagi ovqatimni yerga to‘kib tashlaganini unuta olmayman»
— O‘g‘lim Shohruhni boqish va uy olish uchun qilmagan ishim qolmadi. Bozorda ovqat sotgan, bekatda pista-qurt bilan savdo qilgan kunlarim ham bo‘ldi. Hatto, bir necha yillar avval 50 ming so‘m evaziga xonanda Lola Yo‘ldoshevaning uyini tozalash uchun borganimni eslayman. Bozordagi noqonuniy savdo uchun militsiya xodimlaridan qochganim, hatto bir marta jazolash uchun tog‘oralardagi ovqatni yerga to‘kib yuborishganini ham unutolmayman. Xullas, shu kabi qiyinchiliklar yuvosh Gulnoraning fe’l-atvorini butunlay o‘zgartirdi.

Foto: Instagram / @guli_888888888
«Baqiroq ayollar rolidan charchadim»
— Yaqin yillardan boshlab ikkinchi darajadagi rollarga taklif bo‘lmoqda. Undan avval faqat epizod rollarni ijro etardim. Tan olaman, aktrisalik bo‘yicha hech qayerda tahsil olmaganman, ammo san’atga mehrim bo‘lakcha. Faqat urishqoq ayol rollarini emas, mard, tanti va sabrli o‘zbek ayollari siymosini ekranda gavdalantirishni istayman. Rostini aytsam, baqiroq ayollar rolini ijro etishdan charchaganman. Rejissyorlar meni qaytadan kashf etishlarini orzu qilaman.

Muvaffaqiyatsiz turmushimdan so‘ng oila qurmadim. Hayotimni o‘g‘limga bag‘ishladim. Uy va mashina olib, uni uylantirdim. Shukrki, kelinim va ikki nafar nabiram bor.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Tolipova ilk rolini rejissyor Burhon Sharopovning «Mug‘ombir kuyov» filmida ijro etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 470
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 342
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 430
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 31
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 124
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 496
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 60
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 42
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 14
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 19
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 136
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 101
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 103
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 35
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 183
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 222
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 67
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 154
  • Bo‘limlar