“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 10:38
ЎЗO‘Z

Salatlarni tashqi ko‘rinish hamda salomatlik uchun yanada foydali qiluvchi 5 ta mahsulot

05 yanv, 20:13 2 294 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Salatlarni tashqi ko‘rinish hamda salomatlik uchun yanada foydali qiluvchi 5 ta mahsulot Foto: «Domashniy ochag»
Ortiqcha vazn tashlashning eng samarali usuli bu – ko‘proq salat iste’mol qilishdir. Ammo salat tanovul qilish nafaqat qomatni yaxshilashda, balki salomatlik borasida ham foydali bo‘lishi uchun ham quyidagi oddiy qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi.

Yog‘ qo‘shilgan salatlardan voz kechmagan ma’qul
Odatda sabzavot va ko‘katlardagi vitamin va foydali moddalar yog‘da eriydi. Shuning uchun salat tayyorlashda yog‘dan foydalanish zarur, aks holda ular kutgan natijani bermaydi. Bundan tashqari, o‘simliklarga asoslangan to‘yinmagan yog‘li kislotalar qon tomirlari va yurakka ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Shuningdek, qondagi qand miqdorini nazorat qilishga yordam beradi. Mutaxassislar salatga ikki osh qoshiq yog‘ va birozgina sirka qo‘shishni juda samarali deb hisoblaydi.

Ko‘katlar qo‘shishni unutmaslik lozim
Rayhon, petrushka, kinza, ismaloq va salat bargi turli xil kasalliklarga qarshi kurashishda yordam beradigan foydali antioksidantlarga boy. Shuningdek, ko‘katlarning yoqimli ta’mi tufayli salatlarni foydasizga chiqaruvchi yoki ortiqcha kaloriyaga ega mahsulot qo‘shishga hojat qolmaydi.

Foto: «Domashniy ochag»
Oqsillardan unumli foydalanish kerak
Yong‘oq, pista, pishloq, baliq va tovuq go‘shti salatni nafaqat mazali qiladi, balki uzoq vaqtgacha organizmda to‘qlik hisini beradi. Eng muhimi, ularni belgilangan miqdorda iste’mol qilish zarur.

Turli xil meva va sabzavotlar ham qo‘shish foydali
Salat tarkibida qancha ko‘p meva va sabzavotlar bo‘lsa, ular shuncha foydali sanaladi. Sababi ularning tarkibida ko‘plab vitamin va minerallar mavjud. Sabzi, bodring, bulg‘ori qalampiri, brokkoli, no‘xat, qulupnay, malina va nok – ushbu mahsulotlardan iloji boricha tez tez salatlar tayyorlab turish tavsiya etiladi.

Foto: «Domashniy ochag»
Quritilgan nonlarni rad etgan afzal
Quritilgan non bo‘laklari ko‘plab mazali salatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi, ammo ular deyarli foydali emas. Odatda ularning tarkibida yengil uglevodlar juda ko‘p, ozuqaviy moddalar esa aksincha. Shuningdek, ularning tarkibidagi glikemik indeksning yuqoriligi tufayli qonda qand miqdori keskin ko‘tarilishi natijasida tanada tez-tez ochlik hisi paydo bo‘lishi kuzatiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 49
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 200
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 312
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 163
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 281
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 147
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 2
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 6
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 105
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 7
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 118
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 90
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 54
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 13
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 49
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 122
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 237
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 496
  • Bo‘limlar