“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 19:51
ЎЗO‘Z

Turk kinosi yulduzlari Yangi yilga uylarini qanday bezatdi? (foto)

31 dek, 18:00 4 594 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turk kinosi yulduzlari Yangi yilga uylarini qanday bezatdi? (foto) Barcha insonlar qatorida turk kino olamidagi yulduzlar ham Yangi yil bayramiga uzoq vaqtdan beri tayyorgarlik ko‘rib kelmoqda. Ayniqsa, hashamatli archa daraxti uyning asosiy bezagiga aylangan. Bayramona kayfiyat ulashish maqsadida yulduzlarning Instagram sahifasida bo‘lishgan suratlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Nur Fettaho‘g‘li

Foto: «Yandeks Dzen»
«Muhtasham yuz yil» seriali yulduzi Nur Fettaho‘g‘li 4 hafta avval archa daraxtini bezatishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda aktrisaga qizalog‘i Eliza yaqindan yordam bergan. Archani aynan kamin yaqinida joylashgani ham ertaklarni eslatib yuboradi. Shuningdek, archa poyida allaqachon sovg‘alar ham joylashtirilgan.

Pelin Karaxan

Foto: «Yandeks Dzen»
«Muhtasham yuz yil» serialining yana bir latofatli aktrisasi ham juda bejirim archa surati bilan bo‘lishdi. Pelin bezaklarda ko‘proq oq va pushti ranglardan foydalangan. Bezaklarning bisyorligidan deyarli archa daraxtini ko‘rib bo‘lmaydi. Natija aktrisaning o‘ziga juda ma’qul kelgan, ammo farzandlari buni qanday kutib olgani ma’lum emas.

Xande Erchel

Foto: «Yandeks Dzen»
Opa-singil Xande va Gamze Erchellar archani Mavining tug‘ilgan kunida bezatdi. Ular mos ravishda archani oq rangda bezab, ajoyib kechani tashkillashtirdi. U xuddi o‘rmonlardagi archa daraxti kabi bezatilgan bo‘lib, shoxlarida quyonni, archa poyida esa oq ayiq va kiyiklarni ko‘rish mumkin.

Berguzar Korel

Foto: «Yandeks Dzen»
Yana bir hashamatli archa daraxti Xalit Ergench va Berguzar Korelning uyida joylashgan. Yulduzli juftlik ham bezaklarda oq va porloq ranglarga murojaat qilganligi ko‘rinib turibdi. Archa yonida qorbobolarni ko‘rish mumkin va kamin ham Yangi yil uslubiga mos tarzda bezatilgan. Berguzar farzandlari uchun haqiqiy ertakmonand archa bezatganidan xursand.

Jansu Dere

Foto: «Yandeks Dzen»
2020 yilning so‘ngida Jansu ham archa bezatishga qaror qildi va dugonasi Esra Eron bilan birgalikda archa oldida tushgan suratlarini o‘z sahifasiga joylashtirdi. Archa bezaklariga qaraganda aktrisa ko‘proq tilla va qizil rangni xush ko‘radi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 29
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 118
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 378
  • Og‘ir vaziyatda Lolani qo‘llab-quvvatlaymiz! Faqat... 21 apr, 19:09 1 128
  • So'nggi yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 0
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 1
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 0
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 2
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 16
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 58
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 30
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 67
  • Bo‘limlar