“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 21:23
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston aholisi Yangi yilni qorsiz kutib oladi

28 dek, 16:43 2 321 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston aholisi Yangi yilni qorsiz kutib oladi «O‘zgidromet»ning xabar berishicha, bu hafta O‘zbekistonning barcha hududlari sibir antitsikloni periferiyasi ta’siri ostida bo‘ladi, u Rossiyaning Uraldan Oxota dengizigacha bo‘lgan keng hududini o‘z ichiga qamrab oladi. Ushbu antisiklonning periferiyasi Qozog‘iston orqali O‘zbekiston hududiga kirib keladi.

Shu munosabat bilan dekabr oyining oxirgi kunlari va yanvar oyining birinchi kunlari respublika bo‘yicha sovuq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Hafta davomida me’yordan 4—7 darajaga past bo‘lgan harorat saqlanib turadi.

Qayd etilishicha, 27 dekabrda yog‘ib o‘tgan qor bu yilgi so‘nggi qor edi, O‘zbekiston aholisi Yangi yilni qorsiz kutib oladi.

So‘nggi yillardagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentda ushbu kunlarda yog‘ingarchilik 3—4 yilda o‘rtacha bir marta bo‘ladi. Biroq bu yog‘ingarchiliklar har doim ham qor ko‘rinishida bo‘lmaydi. Yangi yil kechasida qor yog‘ishi yanada kam bo‘ladi.

So‘nggi yillarda eng qorli kun 2007 yilning birinchi kuni bo‘lgan. Qor Yangi yil arafasida boshlanib, 1 yanvarda butun kun davomida yog‘ishda davom etgan.

Toshkentda meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng past harorat 1889 yilning Yangi yil kechasida kuzatilgan bo‘lib, 28 daraja sovuq bo‘lgan.

Oxirgi 50 yil ichida Toshkentda bunday past harorat kuzatilmagan va bu davrda eng sovuq 1991 yil 1 yanvarga o‘tar kechasi bo‘lib, Toshkentda harorat 13 daraja sovuqqacha pasaygan.

Eng issiq Yangi yil bayramlari 2009 yildan 2010 yilga va 2015 yildan 2016 yilga o‘tishda kuzatilgan bo‘lib, kunduzgi harorat 31 dekabrda va 1 yanvarda 18—19 daraja issiq bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 136
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 166
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 220
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 263
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 57
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 1
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 0
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 1
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 5
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 48
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 44
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Bo‘limlar