“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 14:37
ЎЗO‘Z

Telegram-kanal egalari faoliyatini qonuniylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi

26 dek, 20:17 2 110 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Telegram-kanal egalari faoliyatini qonuniylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi Internetda kanal ochib reklama joylashtirish orqali pul topadigan yoki tijoriy faoliyatga yaqin bo‘lmagan usullar bilan daromad olish orqali o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning qonuniy ishlashi uchun imkoniyat yaratilgan. Bunda yiliga 223 000 so‘m miqdorida soliq to‘lash lozim bo‘ladi.

Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Shuhrat Ismoilov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida internet kanallari orqali o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning qonuniy faoliyat yuritishi uchun yaratilgan imkoniyat xaqida ma’lumot berdi.

«Bizda internet orqali tadbirkorlikka ko‘maklashish yoki bo‘lmasa frilanser faoliyat turlari bor. Agarda frilanser internet orqali savdo faoliyatidan tashqari boshqa biror-bir tijoriy xizmatlarni amalga oshiradigan bo‘lsa, u uchun 67 ta faoliyat turi belgilab qo‘yilgan.

O‘sha faoliyat turlarini tanlagan holda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi ya’ni 111 ming 500 so‘m miqdorida ijtimoiy soliqni to‘lashi mumkin. Bu to‘lov miqdori 2020 yil uchun belgilangan.

2021 yildan boshlab esa BHMning 1 baravari miqdorida to‘lanishi soliq siyosati konsepsiyasida belgilangan va bu yaqin kunlarda qabul qilinadi
», —dedi u.

Ma’lumot uchun, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatida quyidagi kasb egalari ham ijtimoiy soliq to‘lash orqali (yiliga 223 ming so‘m) o‘z faoliyatini erkin va ochiq olib borishi mumkinligi, shuningdek pensiya va staj hisoblanishi ta’kidlangan.

Qo‘mita raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarovning aytishicha, soliqlarni muntazam to‘lab borgan frilanserlarga bir qator imtiyozlar beriladi.

«Birinchidan, bu bugungi kunda o‘zini o‘zi band qilib yurganlarni qonuniy ishlashi uchun sharoitdir.
Ikkinchidan, mobil ilova orqali tekin ro‘yxatdan o‘tganidan keyin ularga «staj» ketish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Uchinchidan, o‘zi ixtiyoriy ravishda pensiya jamg‘armasiga to‘lovni amalga oshirsa, nafaqaga chiqishida albatta inobatga olish mexanizmi joriy qilindi.

Agar ro‘yxatdan o‘tmasdan yillar davomida o‘zini o‘zi band qilgan holda tirikchiligini qilib yursayu hech qayerda ro‘yxatga olinmasa, bilamizki, pensiya yoshiga borganda pensiyaga chiqish imkoniyati bo‘lmaydi.

Ular qarilik nafaqasini oladi. Ya’ni bugun erkak kishi uchun 60 yosh pensiya nafaqasi uchun belgilangan bo‘lsa, 65 yoshda ham ular budjetdan hech qanaqa pul ola olmaydi.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqaro 60 yoshda nafaqaga chiqishni xohlasa, ro‘yxatdan o‘tib ixtiyoriy ravishda yilda bir marotaba soliq to‘lovini amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Va bu avtomat ravishda bazada qoladi va nafaqaga chiqishda hech qanaqa ortiqcha hujjat talab qilinmasdan turib faqat bazani o‘zi hisob-kitob qilib beradi
», — dedi qo‘mita rasmiysi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 51
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 60
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 215
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 0
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 35
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 85
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 71
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 71
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 88
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 32
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 387
  • Bo‘limlar