“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2021, 08:10
ЎЗO‘Z

Xorazmda «zagranpasport» olish uchun katta navbatlar Rossiyaga aviaqatnovlar tiklangani haqidagi mish-mishlar ortidan yuzaga kelgan

22 dek, 14:49 1 639 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorazmda «zagranpasport» olish uchun katta navbatlar Rossiyaga aviaqatnovlar tiklangani haqidagi mish-mishlar ortidan yuzaga kelgan Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlarining, shu jumladan, Xorazm viloyatining ayrim shahar va tumanlaridagi IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari oldida odatdagidan ko‘p fuqarolarning yig‘ilganligi va ular navbatga turish tartibiga rioya qilmayotganliklari aks etgan foto va videoxabarlar tarqaldi. IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, bu kabi navbatlar Rossiyaga aviaqatnovlar tiklangani haqidagi mish-mishlar tarqalgani sabab yuzaga kelgan.

O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun murojaat qilayotgan aholining asosiy qismi Rossiya hududida mehnat qilayotgan fuqarolar ekanligi aniqlangan. Mazkur fuqarolar 2021 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston fuqarolari barcha MDHga a’zo davlatlarga, shu jumladan, Rossiyaga faqat xorijga chiqish biometrik pasporti bilan chiqishlari tartibi kuchga kirishi munosabati bilan ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat qilmoqda.

Ushbu hududlarda yashovchi aholi orasida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida yolg‘on xabarlar tarqalgan.

«Shuni ta’kidlash joizki, pandemiya munosabati bilan hozirgi kunda bir qator davlatlar, shu jumladan, Rossiya O‘zbekiston bilan avia va temir yo‘l qatnovini qayta tiklashni rejalashtirayotgani bo‘yicha Ichki ishlar vazirligiga rasmiy ma’lumotlar kelib tushmagan», — deyiladi xabarda.

Hozirgi vaqtda Xazorasp va Xiva tumanlari ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo‘yicha navbatda turgan fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borilgan, ularga navbat talonlari tarqatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari 2021 yil 1 yanvardan boshlab faqat yangi turdagi xorijga chiqish biometrik pasporti («qizil pasport») bilan O‘zbekiston hududidan chiqishlari mumkin.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorijga chiqish biometrik pasportini qanday hollarda 5 ish kunida olish mumkin? 21 dek, 13:30
  • Qarshidagi pasport stolda odamlar soatlab navbat kutmoqda 14 dek, 12:25
  • Endi pasportni istalgan hududdan olish tartibi joriy etilishi mumkin 18 okt, 06:33
  • Eski namunadagi (nobiometrik) pasportning O‘zbekiston hududida amal qilish muddatiga 95 kun qoldi 28 sen, 16:12
  • O‘zbekistonda «Pasport stoli» endi dam olish kunlari ham ishlaydi 20 iyul, 16:30
  • Xorijga chiqish biometrik pasporti uchun qanday hujjatlar kerak? 02 iyun, 17:00
  • So'nggi yangiliklar
  • Davron Fayziyev: Ikki munosib jamoaning to‘qnashuvi va aristokratcha yakun 06 мая, 04:22 483
  • Zidan: "Chelsi" munosib g‘alabaga erishdi. Biz shundoq ham ancha uzoqqa bordik, yigitlarim bilan faxrlanaman" 06 мая, 04:11 425
  • ECHL. "Chelsi"ga "Real"ning kuchi yetmadi — bizni inglizcha final kutmoqda 06 мая, 02:40 707
  • O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i importi QQSdan ozod qilinganidan so‘ng qariyb ikki baravar oshdi 06 мая, 00:16 1 443
  • Bojxonachilar qonunbuzarlikka chek qo‘yishdi 05 мая, 23:55 744
  • Qonunchilik palatasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi qonunni qabul qildi 05 мая, 23:30 886
  • Bojxonachilar 550 mln. so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini to‘xtatib qolishdi 05 мая, 23:03 813
  • Haydovchilar uch xil hujjatni ko‘rsatish majburiyatidan ozod bo‘ladi 05 мая, 22:44 1 559
  • Qing‘ir reja amalga oshmadi 05 мая, 22:22 1 056
  • Soliq organlari xodimlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga qabul qilishi tartibi bekor qilinadi 05 мая, 21:52 1 566
  • Fransiyada er ko‘chaning o‘rtasida xotinini tiriklayin yoqib yubordi 05 мая, 21:33 1 838
  • Baxtiyor Ashurmatov: "Afsuski, futbolda ko‘p murabbiylarga, muxlislarga yoki jurnalistlarga hozirgi kun yutug‘i kerak" 05 мая, 21:03 1 035
  • Bo‘limlar