“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 20:32
ЎЗO‘Z

Ozodbek Nazarbekov Tosh hovli devori buzilishi haqida: «Bu – jinoyat»

19 dek, 10:00 2 936 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozodbek Nazarbekov Tosh hovli devori buzilishi haqida: «Bu – jinoyat» Foto: Madaniyat vazirligi
«Tez orada bunga aloqador barcha jinoyatchilarga tegishli choralar ko‘riladi», – dedi madaniyat vaziri. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xivadagi Tosh hovli saroyi devorining bir qismi amalga tartibga zid ravishda buzilganiga munosabat bildirdi.

Kun.uz nashrining xabariga ko‘ra, vazir holatni prokuratura o‘rganayotganini ma’lum qilgan.

«YUNЕSKO ro‘yxatiga kiradigan ushbu obidaning devorlari buzilishi bo‘yicha prokuratura xodimlari tegishli ishlarni olib borishyapti. Bu – jinoyat va tez orada bunga aloqador barcha jinoyatchilarga tegishli choralar ko‘riladi.

Lekin buning o‘zi yetarli bo‘larmikan? Bizda avvalo madaniy merosga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish kerak. Toki jamiyatda tarixiy obidalarni asrab-avaylash muhiti shakllanmas ekan, 50 yildan keyin ham har gal bu holat takrorlanganda «Madaniyat vazirligi kayerga qarayapti?» degan savollar aylanaveradi
», – dedi Nazarbekov Toshkent yoshlar forumi doirasida o‘tkazilgan «Toshkentning madaniy va turistik qiyofasi – 2030» mavzusidagi muloqotda.

Eslatib o‘tamiz, 1832–38 yillarda qurilgan saroy devorining bir qismi 2020 yil dekabr oyida buzildi.

Ichan-Qal’a mas’ullari buni devordagi og‘ish bilan izohlab, devordan olingan g‘ishtlar «butunligicha o‘z o‘rniga qaytarib terilishi»ni aytmoqda. Madaniy meros departamenti esa restavratsiya loyihasi ilmiy-ekspert kengashidan o‘tkazilmaganini ma’lum qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 143
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 227
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 91
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 89
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 182
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 169
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 181
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 99
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 66
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 54
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 39
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 251
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 34
  • Bo‘limlar