“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2021, 08:21
ЎЗO‘Z

Nima uchun tongni limonli qahva bilan boshlash kerak?

18 dek, 11:05 1 938 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nima uchun tongni limonli qahva bilan boshlash kerak? Foto: Freepik
Qahvani sut, zanjabil, hatto sariyog‘ bilan ham qo‘shib ichish mumkin. Tetiklashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan «baxt eleksiri»ga limon qo‘shib ichish esa organizmdagi ko‘plab jarayonlar, xususan, yurak faoliyati va teri ahvoliga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Organizmni ikki karra antioksidantlar bilan ta’minlaydi
Qahva tarkibidagi flavonoid va limondagi C vitamini umumlashmasi organizm uchun foydaning koni. Antioksidantlar immunitetning susayishi, erta qarish va surunkali kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oksidlanish jarayonining oldini oladi. Kunni bir finjon qahva bilan qarshi olish ishonchli himoyani ta’minlaydi.

Immunitetni himoya qiladi
Limonning, ayniqsa C vitaminining immunitetga foydali ekani yangilik emas, ammo hamma ham kofeinning organizm himoyasiga qo‘shadigan hissasi haqida ma’lumotga ega emas. Qahvada temir, rux, B guruhining bir qancha vitaminlari mavjud bo‘lib, ushbu faol moddalar immunoglobulin ishlab chiqarilishini yaxshilaydi, organizmni virus va patogenlardan himoya qiladi.

Miyaga ijobiy ta’sir qiladi
Miyadagi adenozin retseptorlariga ta’sir qiladigan kofein ishga bo‘lgan layoqatni, diqqatni oshiradi, xotirani yaxshilaydi. Limon sharbati tarkibidagi faol moddalar ham shunday ta’sir ko‘rsatadi. Qahvanikidan biroz sustroq ekanligiga qaramay, ular ikkalasi qo‘shilganda kishining kun bo‘yi energiyaga to‘la bo‘lishi ta’minlanadi.

Vazn tashlashga yordam berishi mumkin
Avvalo, noto‘g‘ri ovqatlanish va sport bilan shug‘ullanmaganda ushbu ichimlik ozish borasida ojizlik qilishini yodda tuting. Kofein va limon aralashmasi tetiklashtiradi, jismoniy chidamlilikni oshiradi va metabolizmni tezlashtiradi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, parhezga amal qilgan, sport bilan shug‘ullangan va limonli qahva ichgan kishilar vazni tezroq kamayadi. Ularning faqat biriga rioya qilish esa ozishni xom-xayol bo‘lib qolishiga sababchi bo‘ladi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Kartoshka, qahva va sariyog‘. Ozayotganlar uchun bezarar bo‘lgan mahsulotlar 11 dek, 07:35
  • «Baxt eliksiri» — qahvaning foydali xususiyatlari nimada? 11 noya, 11:44
  • Nima uchun arab xurmosini shirinlik o‘rniga iste’mol qilish tavsiya qilinadi? 16 sen, 16:30
  • Erta tongda ichish tavsiya etiladigan 6 xil foydali sharbat 24 iyul, 09:18
  • Pomidor sharbatining foydali xususiyatlari 11 fev, 12:30
  • Qahva haqida 10 ta fakt 20 avg, 14:03
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Jaloliddinovga Turkiya va Shveysariya klublari qiziqyapti 13 iyun, 00:05 822
  • Nukusda festivaldan so‘ng ommaviy janjal yuzaga keldi 12 iyun, 23:30 862
  • Buxoroda OIV infeksiyasini boshqa bir erkakka yuqtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 12 iyun, 23:00 737
  • Yelizaveta II: Bugun Buyuk Britaniya qirolichasi 95 yoshini nishonladi (foto) 12 iyun, 22:26 272
  • Isroil razvedkasining sobiq rahbari «yopig‘liq qozon»ni ochdi 12 iyun, 22:20 1 113
  • Koronavirusning asosiy simptomlari o‘zgardi 12 iyun, 20:50 846
  • Bitta hujumchi bilan o‘ynash muammosi 12 iyun, 20:10 509
  • Uyali telefon zararidan himoyalanishda yordam beradigan 4 qoida 12 iyun, 19:36 660
  • Kim Chen In Putinni «Rossiya kuni» bilan tabrikladi 12 iyun, 19:00 606
  • Hisob-kitob: O‘zbekistonning Saudiyaga qarshi o‘yinda qayd etishi kerak bo‘lgan natijasi haqida 12 iyun, 18:23 794
  • «Rossiya kuni» munosabati bilan korpusiga soat va gerb tushirilgan iPhone 12 paydo bo‘ldi 12 iyun, 18:04 269
  • Foto: TIV matbuot xizmati 11 iyun kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida afg‘on tomoniga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu in 12 iyun, 17:20 281
  • Bo‘limlar