“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 23:58
ЎЗO‘Z

Voz kechish tavsiya qilinadigan 7 odatiy nonushta

17 dek, 07:00 3 501 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Voz kechish tavsiya qilinadigan 7 odatiy nonushta Foto: Freepik
Nonushta salomatlik, qomat va kayfiyat qanday bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Uyqudan turgandan keyin to‘g‘ri qilingan nonushta qondagi qand miqdori, qon bosimi va xolesterinni me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi, metabolizmni yaxshilaydi va tushlikka qadar qorinni to‘q tutadi. Ammo zararli va noto‘g‘ri tanlangan mahsulotlardan tayyorlangan nonushta teskari ta’sir qilishi, hatto jiddiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.

Qayta ishlangan yormalardan tayyorlangan bo‘tqa
Suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa foydaliligi jihatidan nonushtalar orasida chempion ekaniga shubha yo‘q. Ammo salomatlik uchun butun va yuqori darajada ishlov berilmagani hamda tarkibida kletchatkalari ko‘p bo‘lganigina foydali hisoblanadi. Agar 100 gramm suli yormasida kletchatka 3 grammdan kam bo‘ladigan bo‘lsa, bunday o‘ramli yormani xarid qilmang, unda kaloriya ko‘p bo‘ladi.

Vafli va tostlar
Murabbo, asal yoki qaymoqni tost ustiga qo‘yib yeyish kunni uglevod va shakardan boshlashdan boshqa narsa emas. Qolaversa, bunday tanovuldan keyin qondagi qand miqdori darhol ko‘tariladi va buning hisobiga 1 soat o‘tar-o‘tmas qorningiz yana ochadi.

Batonchalar
Batonchalarni o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlamagan bo‘lsangiz, uning iste’molidan tiyilganingiz yaxshi. Donli yoki boshoqli mahsulotlardan tayyorlangan bunday batonchalarga aksari hollarda sirop va shokoladli glazur qo‘shilgan bo‘ladi. Natijada esa siz foydali mahsulot o‘rniga uglevod va shakarlarning konini iste’mol qilishga muvaffaq bo‘lasiz.

Yog‘siz yogurt
Tarkibida kalsiy va shakar yo‘q bo‘lgan yogurt aslida nonushta uchun eng yaxshi variant. Ammo buning uchun u yog‘li sutdan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Sut yog‘i ham foydali hisoblanadi va qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, ozishga yordam beradi. Shu sabab ham tongni yog‘li yogurt bilan boshlash va unga barra meva va yong‘oq qo‘shib tanovul qilish tavsiya qilinadi.

Bir finjon qahva
Siropli, sut va shakarli qahva nonushta o‘rnini bosa olmaydi. Bu qon bosimi, qondagi qand miqdori o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar siz qahvadan umuman voz kecha olmaydigan bo‘lsangiz, hech bo‘lmaganda och qoringa va nonushta o‘rniga iste’mol qilishdan tiyiling.

Ponchiklar
Qovurilib tayyorlanadigan ponchiklar uglevod, shakar va transyog‘larning koni bo‘ladi va uni ertalabdan iste’mol qilish salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatmasligi aniq. Onda-sonda yeb turishingiz mumkin, ammo har kuni yoki kunni birinchi qismini u bilan boshlashga o‘rganmang.

Sosiska va kolbasa
Tonggi tanovul uchun tuxum qovurish yaxshi, lekin unga kolbasa yoki sosiska qo‘shib yeyish emas. Chunki qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari xavfli kanserogenlar hisoblanadi va bu JSST tomonidan ham rasman e’lon qilingan. Har gal bu kabi mahsulotlarni iste’mol qilganingizda sizda oshqozon yoki ichak saratoni xavfi ortishi mumkin. Yaxshisi tuxumni pishloq va sabzavotlar qo‘shib tayyorlang.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 97
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 261
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 172
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 243
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 384
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 178
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 0
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 1
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 0
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 28
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 57
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 36
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 56
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 56
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 45
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 54
  • Bo‘limlar