“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:51
ЎЗO‘Z

“Jenoa” muxlislari Ronalduga o‘yin bermagan Shomurodovni asosiy tarkibga qo‘yishni talab qilmoqda!

16 dek, 00:05 4 369 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Jenoa” muxlislari Ronalduga o‘yin bermagan Shomurodovni asosiy tarkibga qo‘yishni talab qilmoqda! A Seriyaning 12-turida “Jenoa” o‘ maydonida Yevropaning yengilmas jamoasiga aylangan “Milan”ni qabul qiladi. Mehmonlar safida jamoa to‘purari Zlatan Ibrohimovich ham jarohatidan keyin maydonga qaytishi kutilmoqda.

Avvalgi turda, genuyaliklar “Yuventus” bilan kuch sinashib, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi. Uchrashuv davomidagi mezbon tomon muxlislariga manzur bo‘lgan vaziyatlardan biri Eldor Shomurodov 73-daqiqada maydonga tushganidan keyin yuz berdi. Uchrashuvda qahramonlaridan biri Krishtianu Ronaldu katta tezlik bilan hujumga o‘tgan pallada Eldor Shomurodov unga yetib olib, to‘pni olib qo‘ydi.

O‘zbek futbolchisining o‘yini genuyalik muxlislarga juda yoqdi. E’tiboringizga Shomurodov haqidagi fikrlarni havola etamiz.

Cristiano Bosco:
Eldor Ronalduga o‘yin bermadi, u bizning qahramonimiz!

Giorgio Costa:
Shomurodov hujumda o‘zini ko‘rsata olmadi. U raqib darvozasi tomon zarba bergani yo‘q. Lekin himoyaga juda katta yordam berdi. Ikki marta to‘pni raqibdan olib qo‘ydi, bir marta pas oshirilishiga yo‘l qo‘ymadi. Jamoa uchun juda zo‘r o‘ynab berdi. Menga shunaqa futbolchilar yoqadi. Ular doim jamoaga foyda keltirishga intiladi. Bizga ana shunday jangchilar kerak.

Lorenzo Boero (Giorgio Costa fikriga javoban):
Aslida Shomurodovni to‘purarlik uchun olishgan. U raqib darvozasiga gol urishi uchun transferiga katta summa sarflangan. Uning jamoaga katta foyda keltirayotgani bor gap. Biz undan gollar kutib qolamiz.

Giorgio Costa (Lorenzo Boero izohiga javoban):
Xavotir olma, yaqinda Eldor gol ura boshlaydi. Shomurodovdan hammamiz gol kutyapmiz. Lekin butun jamoa himoyada o‘tirgan tarkibda gol urish qiyinligini ham tan olishimiz kerak.

Giovanni Berutti:
Krishtianu bunday holatda undan biror kim to‘pni olib qo‘yishini kutmagan edi. Ayniqsa, bu ishni hujumchi qila olishini. Bu Eldor jamoa uchun foydali o‘yinchi ekanining yana bir isboti bo‘ldi.

Fede Giannazzo:
Shomurodovni nega boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirmadi? Uning ilk daqiqalardan o‘ynagan futbolchilardan farqli ravishda oxirigacha kurashga tayyor ekani ko‘rinib turibdiku. Skamakkada Eldordagi ishtiyoq ko‘rinmadi. Shomurodovning Ronaldudan to‘pni olib qo‘yganiga ham hayron bo‘lmaslik kerak. Skamakka esa o‘yinda ko‘ringani ham yo‘q.

Angelo Briga:
Eldor jamoa uchun jang qilishga tayyor. Pyatsa va Sturaro ham shunday. Bu ikkisi “Yuventus”ning sobiq o‘yinchilari ekanini unutmaslik kerak. Shomurodov esa Rolando Maranga uni zaxirada ushlab turmaslik kerakligini isbotlab qo‘ymoqchi. O‘zbek futbolchisi himoyaga katta yordam berdi. Hujumda esa imkoniyat bo‘lmadi.

Riccardo Sansebastiano (Angelo Briga fikriga javoban):
Hujum nafaqat o‘zbekistonlik yigitda, balki butun jamoada o‘xshagani yo‘q. Jamoamiz chuqur himoyalanyapti. Shuning uchun hujumchimiz ham bor mahoratini himoyada ko‘rsatishga majbur.

Ezio Zunino:
Shomurodovni keyingi o‘yinda boshlang‘ich tarkibda ko‘rishni istaymiz. U ilk daqiqalardanoq o‘ynashga qodir ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. Skamakka bir necha goldan keyin asosiy tarkibdagi joyini 100 foiz o‘ziniki, deb o‘ylayapti. U xotirjam bo‘lib qoldi va jamoaga keyingi o‘yinlarda foyda keltirmayapti.
Jenoa, Shomurodov




Mavzuga oid yangiliklar
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 436
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 207
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 90
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 396
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar