“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2021, 06:18
ЎЗO‘Z

IIB xodimini kafeda kaltaklagan ikki shaxs qamoqqa olindi

14 dek, 23:52 3 482 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
IIB xodimini kafeda kaltaklagan ikki shaxs qamoqqa olindi Foto: Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati
2020 yilning 29 noyabr kuni tungi soat 01-00larda Guliston shahar IIO FMB 3-son IIB navbatchilik qismiga Guliston shahar, Bahor mahallasi Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan «Safina» nomli kafeda janjal bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Unga asosan, voqea joyiga yetib borgan ushbu mahalla profilaktika inspektori Guliston shahar IIO FMBda, ma’muriy nazoratda turuvchi, «Safina» kafesini ish yurituvchisi bo‘lib ishlovchi fuqaro D.S hamda uch nafar notanish shaxslar birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirganligini ko‘rgan. D.S ning ma’muriy nazorat qoidalarini buzib, spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirganligi sababli ular o‘tirgan joyni o‘zining telefon apparatida fotosuratga olib, holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirish uchun ularni 3-sonli IIBga borishni taklif qilgan.

Shu vaqtda, uning oldiga mast holatda bo‘lgan fuqaro K.L hamda ma’muriy nazorat ostida bo‘lgan D.S kelib, birgalikda xodimga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘ladi va ikkalasi birga profilaktika inspektorining bosh, yuz qismi va badanining turli joylariga urib-tepib tan jarohati yetkazishadi hamda inspektorning telefon apparatini olib, yerga urib sindirib yaroqsiz holatga keltirishadi.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan fuqarolar K.L va D.S larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida qamoqqa olingan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Farg‘onada YHXB inspektoriga 250 dollar pora berayotgan fuqaro qo‘lga olindi 13 dek, 13:30
  • Buxoro shahrida karantin vaqtida faoliyat yuritayotgan kafe aniqlandi 30 мая, 15:50
  • Gulistonda fohishalik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar aniqlandi 23 apr, 13:30
  • Nomusning bahosi 150 ming so‘mmi? Gulistonda fohisha qo‘lga tushdi 23 apr, 07:38
  • Shahrisabz Xalq bankiga mast holatda kirib, janjal qilgan fuqaro qo‘lga olindi (video) 06 noya, 21:02
  • Guliston shahrida do‘kondan 40 ta uyali telefon apparatini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi 20 apr, 09:39
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron o‘z neft tankerlariga qaroqchilar uyushtirgan hujumni qaytardi 18 okt, 00:15 179
  • Islom To‘xtaxo‘jayev: "O‘yinni jamoalar emas, hakamlar hal qilganidan keyin alam qiladi. To‘p qo‘limga tegmadi" 17 okt, 23:49 216
  • Amerika snayper miltig‘i o‘rnatilgan robot-it yaratdi (video) 17 okt, 23:25 252
  • Isroilda rus mafiyasi sardoriga bir qancha ayblovlar qo‘yildi 17 okt, 22:58 333
  • Ayiq sirkda hayvon o‘rgatuvchi homilador ayolga hujum qildi 17 okt, 22:39 344
  • Farzandingizni internetda qanday himoya qilishni bilasizmi? 17 okt, 22:08 321
  • "Serbiyalik futbolchilarga O‘zbekistonda yashash va to‘p tepish qulay" - Boyan Matich 17 okt, 21:43 345
  • Mikael Sekeyra: "Andijon" 8-9 nafar futbolchi bilan himoyalandi" 17 okt, 21:22 311
  • Viktor Kumikov: "Nihoyat..." 17 okt, 21:19 320
  • «Olaqarg‘a» milliardlar ustiga qo‘ndi. Bu muvaffaqiyat garovimi? 17 okt, 20:53 401
  • OCHL. Finalda Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya klublari to‘qnash keladi! 17 okt, 20:16 371
  • Viktor Jalilov jamoasining g‘alabasi haqida qanday fikr bildirdi? 17 okt, 20:00 309
  • Bo‘limlar