“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 04:22
ЎЗO‘Z

Buxoro shahri prokurori navbatdagi murojaat bilan chiqdi

12 dek, 21:34 7 304 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoro shahri prokurori navbatdagi murojaat bilan chiqdi Videolavhadan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov deya tanishtirgan shaxsga tegishli videomurojaat tarqalgani xabar qilingandi.

Murojaatda prokuror unga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani va qanday qonunbuzilishlar aniqlansa, bunga javob berishini aytib, respublika bosh prokurori va uning uch nafar xodimiga aloqador jinoyatlar hamda boshqa ma’lumotlarni fosh etmoqchiligini ma’lum qilgandi.

Ko‘p o‘tmay, holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi. Unda Buxoro shahridagi tadbirkorning Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekshirilayotgani ma’lum qilindi. Shuningdek, J.Fozilovning 2020 yil 11 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida bildirgan holatlarga to‘liq va haqqoniy baho berilishi bildirildi.

Bugun, 12 dekabr kuni Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilovning navbatdagi videomurojaati tarqaldi.
Unda kecha e’lon qilingan bayonotidan keyin Bosh prokuratura tomonidan tekshiruv kuchaytirilgani aytiladi. Shuningdek, holat bo‘yicha faktlarni faqat Prezident Administratsiyasi tekshirishini so‘raydi. Jumladan, tafsilotlarni shaxsan Administratsiya rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovga aytib berishini bildiradi.

«Prezidentimizdan ming bor uzr so‘rayman... Men sizga murojaat qilsam, o‘sha yergachayam olib borishmaydi. Yo‘lda yo‘q qilib yuborishlari mumkin...», deydi u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 91
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 48
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 233
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 239
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar