“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 05:39
ЎЗO‘Z

“Jenoa” muxlislari Shomurodovdan xet-trik talab qilyapti!

04 dek, 22:43 4 042 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Jenoa” muxlislari Shomurodovdan xet-trik talab qilyapti! Eldor Shomurodov A Seriyaning 8-turida “Parma” darvozasini ishg‘ol qilib, Italiyadagi birinchi golini kiritdi. Bu o‘zbekistonlik futbolchilarning nafaqat Italiyadagi, balki Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi birinchi goli sifatida tarixda qoladi.

Ta’kidlash joizki, Eldorning o‘yinida ijobiy tomonga o‘zgarish bo‘lyapti, ko‘rsatkichlar ham ko‘tarilmoqda. Bu o‘z navbatida unga bo‘layotgan tanqidlarning kamayib, muxlislarning ishonchi ortayotganiga sabab bo‘lyapti.

Eldor Shomurodovning ilk goliga “Jenoa” muxlislari bildirgan munosabatlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Antonino Sangiuseppe
“Jenoa”ning bunaqa o‘yini natijasida Shomurodov V Seriyada ham birinchi golini urgan o‘zbekistonlik futbolchiga aylanadi.

Giulio Vespasiani
O‘zbek hujumchisi Italiya kubogidagi o‘yinda birinchi golli pasini bergan edi. Endi A Seriyada ilk golini urdi. U Italiyani zabt etgan o‘zbek futbolchisi bo‘ldi!

Carlo Girini
Yaqindagina Shomurodovning transferi “Jenoa”ning eng katta xatosidek ko‘ringandi. Endi men uning iqtidoriga ishona boshladim. Agar u oxirgi uchrashuvlarda ko‘rsatgan o‘yinini bundan keyin ham davom ettirsa, uning 9 million yevrolik transferi klub tarixidagi eng zo‘r xaridga aylanadi.

Francesco Anzano
Birinchi bo‘lib Ilyos Zeytullayev gol urmaganmidi?. U butun faoliyatini Italiyada o‘tkazgan-ku. “Jenoa”mizda ham bir mavsum to‘p tepgandi. Nahot, gol urmagan bo‘lsa?

Romani Tiziana (Francesco Anzano savoliga javoban)
Shomurodov o‘zbeklardan birinchi bo‘lib gol urdi. Zeytullayev A Seriyada deyarli o‘ynamagan. Ilyos gol urmagani aniq.

Roberto Cianchi
Yaqinda A Seriyadagi birinchi o‘zbekcha xet-trikni ko‘rishimizga ishonchim komil! Shomurodov keyingi paytda namoyish qilayotgan o‘yiniga qarab baho bersak, u hali ko‘p narsaga qodir ekani yaqqol ko‘rinib turibdi.

Giampiero Venerelli
“Jenoa” o‘zbek futbolchisi tarixga kirishi uchun atayin uni transfer qilganga o‘xshaydi.

Claudio Altobelli
O‘sha uchrashuvni tomosha qildim. Shomurodov nafaqat birinchi gol, balki dastlabki dubl muallifi ham bo‘lishi mumkin edi. Lekin birinchi bo‘limda ozgina omad yetishmadi. Barcha himoyachilarni ortda qoldirganiga qaramay, gol urolmadi.

Endi Eldor Shomurodovning jamoasi 7 dekabr kuni safar uchrashuvida “Fiorentina” mehmoni bo‘ladi. Bu uchrashuvda o‘zbekistonlik legionerning asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 8 dekabrga o‘tar kechasi 00:45 da boshlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar