“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 11:19
ЎЗO‘Z

Sovuq mavsumda lablar qurimasligi uchun 5 ta foydali maslahat

04 dek, 19:45 3 360 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sovuq mavsumda lablar qurimasligi uchun 5 ta foydali maslahat Foto: Pinterest
Odatda havoning sovishi natijasida yuz, qo‘l terisi kabi labda ham qurish jarayoni kuzatiladi. Hamisha harakatda bo‘lgan lab juda nozik va qayta tiklanmas teriga ega. Shuning uchun qurish va yorilish jarayonining oldini vaqtida olish kerak.

Suyuqlik va ovqatlarni to‘g‘ri iste’mol qilish zarur
Bir qarashda foydasiz tuyilgan tavsiyalar aslida doimo samara beradi. Ma’lumki, organizm uchun suyuqlik miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Olimlar hamisha ikki yoki uch litr suyuqlik kunlik me’yor hisoblanishi haqida takrorlab kelmoqda. Iste’mol qilinadigan ovqatlarga ham e’tiborli bo‘lish kerak. Agar labda qurish jarayoni boshlangan bo‘lsa, demak, achchiq va sho‘r taomlardan tiyilib turish tavsiya etiladi.

Lablarni hech qachon namlamang
Agar labni tez-tez namlash odatga aylangan bo‘lsa, inson qat’iy ravishda bundan voz kechishi kerak. Sababi og‘izdagi tupuk yoki so‘lak tarkibida amilaza fermenti mavjud bo‘lib, u uzoq muddatli hazm qilish jarayonining birinchi bosqichini boshlaydi. Shuning uchun ham oziq-ovqatni maydalovchi ferment labning nozik terisini osongina zararlay oladi. Yana bir taqiqlash kerak bo‘lgan odat — tishlash. Labning yuzasidan teri qismlari ko‘cha boshlaganda, albatta, uni tishlab yulib olishga harakat paydo bo‘ladi. Afsuski, bu holat birinchidan, qayta tiklanmaydigan lab terisida og‘riqni keltirib chiqaradi. Ikkinchidan, lab terisi ko‘chganidan so‘ng turli xil infeksiya yuqishi ehtimoli ortadi.

Ularni himoya qilish kerak
Quyosh nuridan terini himoyalash uchun bir necha xil vositalardan foydalaniladi. Qishda esa issiq kiyimlar yordamida sovuqdan saqlanadi. Ammo bu borada lablar e’tibordan chetda qoladi. Natijada lablar yorilishi, qurishi yana takrorlanadi. Buning oldini olish uchun lablar uchun maxsus balzamlardan doimo foydalanish kerak. Shuningdek, sovuq havoda yuzning yarmigacha bo‘lgan qismini sharflar yordamida berikitish zarur.

Maxsus vositalardan foydalanish tavsiya etiladi
Lab uchun turli kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan balzamlar mavjud. Ulardan foydalanishni kanda qilmaslik zarur. Shuningdek, lab qurishiga quruq hamda sifatsiz lab bo‘yog‘i ham sabab bo‘lishi mumkin. Lab qurigan vaqtda iloji boricha ularga maxsus balzamlardan boshqa vositalar surmaslik tavsiya etiladi. Balzam vazelin, dimetikon, shi moyi va gialuron tarkibga ega bo‘lishi kerak. Sababi ularning barchasi uzoq vaqt namlikni saqlab turadi va qurish jarayonini tez orada bartaraf etadi.

Balzamlardan uzluksiz foydalanish muhim
Uxlashdan avval og‘iz bo‘shlig‘ini tozalash natijasida, shuningdek, yuzni kosmetik vositalardan xalos qilgandan so‘ng labda qurish holati kuzatilishi mumkin. Shu zahoti lab uchun maxsus balzam surishni unutmaslik kerak. Bundan tashqari, balzamni yotoqxona, ish joyi, mashina va sumkada ham olib yurish va vaqti-vaqti bilan undan foydalanish tavsiya etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 204
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 111
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 221
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 346
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 169
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 303
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 0
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 0
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 118
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Bo‘limlar