“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 17:11
ЎЗO‘Z

Keksayganda salomatligingizda muammo bo‘lmasligiga yordam beruvchi 6 odat

04 dek, 14:37 3 466 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Keksayganda salomatligingizda muammo bo‘lmasligiga yordam beruvchi 6 odat Foto: Getty Images
Salomatlik faqatgina nasl bilan emas, hayot tarzi va ovqatlanish bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Siz iste’mol qiladigan mahsulotlarning qanchalik foydali yoki zararli ekani nafaqat hozir balki keyinchalik yoshingiz o‘tganida ham sog‘ligingizda aks etishi mumkin.

Omega-3 yog‘ kislotasiga boy mahsulotlarni iste’mol qilish
Parhezshunoslar yoshlik yog‘i deb ataydigan Omega-3, qondagi «yomon» xolesterinni kamaytiradi, yallig‘lanishni bartaraf etadi, saraton xavfi hamda yurak xuruji va insultni oldini oladi. Shuningdek, miya faoliyati uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, ushbu foydali elementga ega bo‘lish uchun haftasiga ikki marta ikki porsiya baliq iste’mol qilish kifoya.

Ko‘proq kletchatka iste’mol qilish
Vazni ortib ketmasligi haqida qayg‘uradigan kishilar uchun dukkakli, sabzavot va kletchatkaga boy mahsulotlar ayni muddao. American Journal of Clinical Nutrition jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda yozilishicha, har 10 gr kletchatka yurak ishemik kasalligidan vafot etish xavfini 17 foizga kamaytiradi. Bundan tashqari, kletchatka qondagi qand miqdorini me’yorda ushlaydi, yurakni mustahkamlaydi.

Sabzavot va mevalar
Taomlaringiz salomatligingiz uchun foydali bo‘lishini istasangiz, meva va sabzavot iste’mol qilishni kanda qilmang. Ularning tarkibidagi rang-barang bo‘lishiga sabab bo‘ladigan modda va antioksidantlar hujayralarni shikastlanishi va erta qarishini oldini oladi.

Zaytun yog‘i iste’mol qilish
2019 yilda uzoq umr ko‘rishga hissa qo‘shadigan deb tan olingan zaytun yog‘ida sut bezi va yo‘g‘on ichak saratoni kelib chiqishini oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan polifenol antioksidantlarining konidir. Shuningdek, keksa yoshdagi kishilar zaytun yog‘i iste’mol qiladigan bo‘lsa, insult rivojlanish xavfi 41 foizga kamayadi.

Kam guruch iste’mol qilish
Jigarrang guruch kletchatka va magniyning koni hisoblanadi, ikkinchi turdagi qandli diabet, hatto saratonning ayrim turlarining rivojlanish xavfini oldini oladi. Oq guruch esa kaloriyaning koni va undan hech qanday foyda yo‘q.

Oqsilni kanda qilmaslik
Oqsil organizmda shikastlangan va zararlangan hujayralarni tiklash xususiyatiga ega. Ratsioningizning uchdan bir qismi o‘simlik yoki hayvon oqsilidan tashkil topishi kerak. Yosh o‘tgani sayin hujayralarning oqsilga bo‘lgan ehtiyoji ortib boraveradi.

Ko‘proq suyuqlik ichish
Suyuqlik iching nafaqat salomatlik, balki kishi o‘zini yaxshi his qilishi uchun ham muhim. Yetarli miqdordagi suyuqlik ichaklar faoliyatiga yordam beradi, qon-tomirlarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, moddalar almashinuvini yaxshilab, kayfiyatni ko‘taradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 228
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 139
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 116
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 141
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 257
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 151
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 0
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 1
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 1
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 81
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 159
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Bo‘limlar