“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 19:15
ЎЗO‘Z

Qo‘qondagi «Shedevr» choyxonasida sodir etilgan jinoyat bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

04 dek, 13:24 3 076 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qo‘qondagi «Shedevr» choyxonasida sodir etilgan jinoyat bo‘yicha sud hukmi o‘qildi Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi Qo‘qon shahridagi “Shedevr” va Dang‘ara tumanidagi “Marokash” nomli choyxonalarda sodir etilgan jinoyatlar va ular bilan bog‘liq boshqa jinoyatlar bo‘yicha ayblov hukmini chiqardi.

Dastlabki tergov organi tomonidan 37 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayb e’lon qilingan jinoyat ishi sud majlisida qonunda belgilangan 4 oy ko‘rildi.

Sudya Rahmatjon Arabovning Kun.uz muxbiriga ma’lum qilishicha, sudlanuvchilarning bir nafari suddan yashiringani uchun jinoyat ishining unga oid qismi alohida ish yurituviga ajratilib, ehtiyot chorasi qamoqqa almashtirilib, qidiruv e’lon qilingan.

Sud sudlanuvchilarning 1 nafarini bezorilik ruhida uch odamni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilish, qonunga xilof ravishda qurol saqlash va bezorilik jinoyatlari sodir etgan deb, avvalgi hukm bilan tayinlangan jazoning o‘talmagan qismini qisman qo‘shib 16 yil muddatga, o‘qotar qurolini qonunga xilof ravishda o‘tkazish jinoyatini sodir etgan 1 nafar shaxsga avvalgi hukm bilan tayinlangan jazoning o‘talmagan qismini qisman qo‘shib 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

O‘qotar qurolini qonunga xilof ravishda saqlash jinoyatini sodir etgan 1 nafar shaxsga avvalgi hukm bilan tayinlangan jazoning o‘talmagan qismini qisman qo‘shib 4 yil 4 oy muddatga, muqaddam sudlangan va sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash davrida bezorilik jinoyati sodir etgan 9 nafar shaxsga nisbatan avvalgi hukm bilan tayinlangan jazoning o‘talmagan qismini qisman qo‘shib 5 yil muddatga, bezorilik jinoyati sodir etishda faol ishtirok etgan 4 nafar shaxsga 5 yil, 2 nafariga 4 yil muddatga, boshqalarning undovi bilan bezorilik jinoyati sodir etgan 18 nafar shaxsga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi va ularning 2 nafari sud zalidan qamoqqa olindi.

Hukm e’lon qilingandan so‘ng sudya hukm mazmuni, sudda keltirilgan ayrim vajlar bilan qo‘shilmaslik sabablari, jazo tayinlashda e’tiborga olingan holatlar va hukmdan norozi taraflarning shikoyat qilish huquqlarini tushuntirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 123
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 58
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 116
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 0
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 2
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 0
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 20
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Bo‘limlar