“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2021, 17:46
ЎЗO‘Z

Yuriy Sarkisyan: Hammasiga "Neftchi"ning o‘zi aybdor, agar yutishni istaganida "Turon"ga hech qanday imkon qoldirmasdi

03 dek, 19:30 2 380 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yuriy Sarkisyan: Hammasiga "Neftchi"ning o‘zi aybdor, agar yutishni istaganida "Turon"ga hech qanday imkon qoldirmasdi Hamon “Neftchi” – “Turon” o‘rtasidagi o‘yin muhokamalarning yuqori darajasida bo‘lib turibdi. Bu borada PFL ham, O‘FA ham rasmiy bayonot bilan chiqdi. O‘yinda ro‘y bergan vaziyatlar jiddiy o‘rganib chiqilmoqda.

Baribir “Neftchi”ning futbolimizdagi obro‘siga jiddiy putur yetgani haqida ko‘pchilik gapiryapti. Hech kimga sir emas, “Neftchi”ning “Neftchi” bo‘lishida o‘sha mashhur Yuriy Sarkisyanning mehnatlari ulkan bo‘lgan. Biroq klubning afsonaviy murabbiyi ketganidan so‘ng, “Neftchi”dan fayz ham ketdi. Natijada jamoaning bugungi ahvoli o‘zingizga ma’lum.

O‘sha o‘yin kuni mezbonlarning qilig‘ini hamma keskin qoralayapti. Biz esa Yuriy Vazgenovich bilan aloqaga chiqdik. Bunga sabab o‘sha o‘yin bilan bog‘liq edi. Shuning uchun uning sobiq jamoasi haqidagi fikrlarini bilishga qiziqqandik. Biroq avvaliga mutaxassis biroz rozilik bermagandek bo‘ldi:

- Hafsalangizni pir qilmoqchi emasmanu, bugungi kunda “Neftchi”ga hech qanday aloqam yo‘q. Shunday ekan, bu borada sizga hech narsa ayta olmayman. Bilsangiz kerak, u yerga yetti yildan beri bormay qo‘yganman, - deya gap boshladi, Sarkisyan.

- Ammo Yuriy Vazgenovich, sizning bu jamoada qilgan mehnatlaringizni hech kim takrorlay olmaydi, axir “Neftchi”da qanchadan-qancha g‘alabalarga erishdingiz, hayotingiz o‘sha klub bilan bog‘liq bo‘lgan. Shunday ekan, sobiq jamoangizga befarq emasligingizni yaxshi bilamiz va bu boradagi har qanday fikringiz hammani qiziqtirishi aniq.
- Xo‘p, mening “Neftchi” haqidagi fikrimni so‘ramoqchi bo‘layotgan ekansiz, mayli, o‘z mulohazalarimni aytmoqchiman: “Neftchi” uchun afsusdaman, klub boz ustiga uyatga qoldi, o‘sha voqea tufayli. Bunday yo‘l tutishlari kerak emasdi. Viloyatdagi eng mashhur klub va muxlislari tomonidan shunday ishni amalga oshishi har qanday kishiga erish tuyulmasdan qolmaydi. Endi bo‘lib o‘tgan ishdan keyin ular juda ham murakkab ahvolda qoldilar.

- Muxlislar esa “Neftchi”ga siz yetishmayotganingiz haqida ham gapirmoqdalar. Bu klubni sog‘indingizmi?
- Nokamtarlikka yo‘ymangu, bu kabi fikrlarda jon bor, aslida. Butun umr Farg‘onada yashadim, “Neftchi”ning yuqori marralarga chiqishi uchun bor kuchimni ishga soldim. Har bir kishining o‘z taqdiri bo‘ladi. Hayotimning salmoqli qismi “Neftchi” bilan bog‘liq bo‘ldi. Bundan afsuslanmayman. Axir jamoa bilan har qanday kishi faxrlanishga arziydigan natijalarga erishdim.

- Afsuski, jamoaning mavqei ham oldingidek emas. Sizningcha, “Neftchi” nima uchun Superligaga chiqa olmayapti?
- Mening fikrim nima ham bo‘lardi, yaxshisi, bu savolni klubni boshqarayotgan murabbiylarga berganingiz ma’qul. Axir aynan ular natija uchun javobgarlar. Klubda 27 yil ishladim. Shu vaqt ichida ko‘plab sovrin va unvonlarga erishdik. Mendan keyin “Neftchi”ni boshqarganlar qanday karomat ko‘rsatishdi? Bir jamoada uzoq ishlash borasida mashhur mutaxassis Ser Aleks Fergyussondan aslo qolishganim yo‘q. Nima ham deyishim mumkin: uzoq vaqt tinimsiz mehnatim singgan jamoaning bugungi ahvoli uchun albatta achinaman.

Odamlar turli toifalarga mansub bo‘lishadi. Kimdir bir joyda borini berib uzoq ishlaydi, keyinchalik uning o‘rniga kelganlar merosni asray bilmaydilar. Bilasizmi, “Neftchi”dan ketgan chog‘imda o‘rnimga kelganlar shunday deyishgandi: biz klubni Sarkisyandan ham ko‘ra zo‘r boshqarishimiz mumkin! Ular jamoani nafaqat Osiyo, balki jahonda ham yetakchi rolga olib chiqamiz, deb jar solishgandi. Umuman shuni so‘ramoqchiman: ular Yevropada bo‘lishganmi va Yevropa futboli qandayligidan xabardorlarmi?

- Baribir Farg‘onaga katta futbol qaytyapti. Superligada bu viloyatdan endi “Qo‘qon-1912” bilan “Turon” qatnashadi. Biroq viloyatning bosh jamoasi hisoblangan “Neftchi” hali ham vazifani bajara olmayapti. Bu sizni ranjityaptimi?
- Boya “Neftchi” uchun har doim achinayotganimni aytib o‘tdim. Albatta, “Neftchi”ni bugungi kunda shunday ahvolda ko‘rishdan yuragim og‘riydi. “Neftchi”dan yetti yil oldin – 2013 yilda ketganman. O‘shandan beri jamoani 8 nafar murabbiy boshqardi. Bu kabi savolni murabbiylarni ishga olayotganlardan so‘raganingiz ma’qulroq, nazarimda. Futbolda mana shunday yozilmagan qoida bor: jamoa yutadi, murabbiy esa yutqazadi. Ular hammasi uchun javob berishlari kerak.

Klubda ishlamayotganim tufayli ularga ishni mana bunday qilishingiz kerak, deya olmayman-ku. Agar ishlagan taqdirimda menga shunday masala yuzasidan murojaat qilganlarida nima qilishni albatta tushuntirardim. O‘zgalarning ishiga aralashishni yoqtirmayman. Bu mening prinsiplarimga to‘g‘ri kelmaydi. Albatta, bir paytlar o‘zim ustozlik qilgan yigitlarning “Neftchi”da ishlashidan xursand bo‘lib, ular uchun qayg‘uraman. Nima ham qila olardim, bo‘lar ish bo‘lib o‘tdi.

- Umuman aytganda, o‘sha o‘yinni ko‘rdingizmi? Qanday fikrdasiz?
- Albatta, o‘yinni ko‘rdim. Shunchaki, “Neftchi”ning omadi chopmadi. Rosa Superligaga intilgan klubning oxirida mana shunday ahvolga tushib qolishi kishini ajablantirmasdan qolmaydi. Futbolda yana shunday gap bor: jamoa raqib unga imkon beradigan darajada o‘ynay oladi! “Neftchi” yutqazib, “Turon” g‘alaba qozongan ekan, demak hammasiga “Neftchi”ning o‘zi aybdor. Agar o‘yinda “Neftchi” yutishni xohlaganida, “Turon”ga hech qanday imkon qoldirmagan bo‘lardi.

- Bo‘lib o‘tgan voqea uchun “Neftchi”ni ayovsiz jazoga tortishlari mumkinmi?
- Agar “Neftchi”ni jazoga tortishsa, bu men uchun bir necha hissa og‘irroq bo‘ladi. Jazoga o‘sha mojaroni keltirib chiqqan kishilarni tortish kerak. Chunki klubning bunga hech qanday dahli yo‘q. Bunday ishlar bilan shug‘ullanganlar o‘zlari javob berishsin. Bu yerda klubning hech qanday aybi yo‘q, nazarimda. Klub tashkil etilgan paytda mojaro ishtirokchilarining deyarli hammasi hali dunyoga kelmagandi. Endi o‘ziga yarasha tarixga ega bo‘lgan jamoa ular tufayli, ularning ayblari uchun javob berishi kerakmi?!

- Yuriy Vazgenovich oxirgi savol: joriy yildagi Superligamizning saviyasi o‘sganmi?
- Bunday mavzuda gapirishni istamagan bo‘lardim. Agar ikkimiz yuzma-yuz turib, keng omma e’tiboriga emas, balki shunchaki o‘zaro gaplashganimizda bor fikrimni aytgan bo‘lardim. Agar hozir bu borada fikrimni aytsam va gaplarim gazeta yoki saytlarda chiqsa, meni butunlay noto‘g‘ri tushunishadi. Shuning uchun keling, boshqalarga tegmay qo‘ya qolay, tushunyapsizmi? Meni to‘g‘ri tushunasiz, degan umiddaman.

Shuhratbek Jo‘rayev




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘FA «Neftchi» — «Turon» uchrashuvidagi holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi 03 dek, 10:45
  • «Neftchi» – «Turon» o‘yinidagi tartibsizlik ishtirokchilaridan 8 kishi qo‘lga olindi 01 dek, 22:22
  • "Turon" derbida "Neftchi"ni mag‘lub etib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 01 dek, 18:39
  • Roʻziqul Berdiyev “Neftchi” nimaning evaziga gʻalaba qozonganini aytdi 22 sen, 23:13
  • Shota Arveladze: “Superligada oson o‘yin yo‘qligiga yana bir bor amin bo‘ldim” 13 iyun, 01:07
  • «Bunyodkor» Toshkentda «Neftchi»ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘llanma oldi 27 iyul, 21:51
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda 29 yanvar kuni havo harorati 20 darajagacha ko‘tariladi 28 yanv, 17:23 0
  • Hindistonlik ayol pasportini yo‘qotib qo‘ygani uchun 18 yil Pokiston qamoqxonasida o‘tirdi 28 yanv, 16:50 19
  • Sirdaryoda qarzdorlik evaziga 283 ta mol-mulklar onlayn-auksion orqali 38,3 mlrd. so‘mga sotildi 28 yanv, 16:23 78
  • Tadbirkordan 65,9 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi 28 yanv, 16:00 81
  • Toshkentda maktablardagi texnikalarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi 28 yanv, 15:30 126
  • Shavkat Mirziyoyev: «Yoshlar bilan do‘st bo‘lmaganimiz uchun ularning ko‘pi noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketdi. Bu — bizning aybimiz» 28 yanv, 15:01 120
  • Buyraklar ishdan chiqishiga sabab bo‘ladigan 6 odat 28 yanv, 14:23 486
  • Toshkent viloyatida 3 yoshli o‘g‘lini 4 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi 28 yanv, 13:55 152
  • Trampning jiyani amakisi sabab o‘z familiyasidan voz kechmoqchi 28 yanv, 13:25 307
  • O‘zbekiston korrupsiya reytingida 180 davlat orasida 146-o‘rinni egalladi 28 yanv, 12:57 179
  • Dron orqali «Makarov» to‘pponchasi chegaradan o‘tkazildi. Uni sotib olganlar qo‘lga olindi (video) 28 yanv, 12:28 460
  • Ortiqcha vazn ayollarning homilador bo‘lishiga to‘sqinlik qiladimi? 28 yanv, 11:53 294
  • Bo‘limlar