“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2021, 17:16
ЎЗO‘Z

Ozarboyjon ilk marta Qorabog‘ urushidagi yo‘qotishlarini ochiqladi

03 dek, 18:26 1 917 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozarboyjon ilk marta Qorabog‘ urushidagi yo‘qotishlarini ochiqladi Foto: BBC Russian
Ozarboyjon mudofaa vazirligi Qorabog‘da 27 sentyabr kuni boshlangan urush davomida 2 ming 783 nafar ozarboyjonlik askar halok bo‘lgani haqida e’lon qildi. Yana yuzdan ortiq harbiy bedarak ketgan. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, shuningdek, 1 ming 245 nafar ozarboyjonlik harbiy xizmatchi jarohatlanib, davolanmoqda.

Urush vaqtida Ozarboyjon mudofaa vazirligi Qorabog‘dagi yo‘qotishlari haqida ma’lumot bermayotgandi. Ozarboyjon bosh prokuraturasi faqat tinch aholi vakillari orasidagi yo‘qotishlarni ma’lum qilib turgan.

Armaniston sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, urushda mamlakat qurolli kuchlari safida 2718 nafar harbiy qurbon bo‘lgan. Ikki tomon ham jasadlarning shaxsini aniqlashtirish ishlarini davom ettirmoqda.

Qorabog‘dagi urush 27 sentyabr kuni boshlanib, 9 noyabrdan 10 noyabrga o‘tar kechasi yakunlangandi. O‘shanda Ozarboyjon va Armaniston rahbarlari Rossiya vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishgandi.

Tinchlik sulhi shartlariga ko‘ra Ozarboyjon 1990-yillar boshidagi birinchi Qorabog‘ urushi vaqtida arman harbiylari tomonidan egallab olingan 7 tumanini hamda ikkinchi urush vaqtida ozar harbiylari Tog‘li Qorabog‘da egallagan hududlarni, shu jumladan, Shusha va Gadrutni qaytarib oldi.

Armaniston harbiylarini hududdan olib ketish jarayoni grafik bo‘yicha olib borildi. 1 dekabr kuni ular so‘nggi hudud — Lochin tumanini ham tark etishdi.

Ozarboyjon urushning bunday yakun topishini g‘alaba sifatida qabul qildi va prezident Ilhom Aliyevning qaroriga ko‘ra, 8 noyabr kuni Ozarboyjonda G‘alaba kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi.

Armanistonda esa ko‘pchilik tinchlik kelishuvini taslim bo‘lish sifatida baholadi va ushbu kelishuvga rozilik bergan bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qila boshlashdi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Yerevan va Boku bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda aybladi 10 okt, 15:00
  • Ozarboyjon o‘z hududi Tog‘li Qorabog‘dan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi 04 okt, 17:00
  • Pashinyan armanistonliklarga murojaat qildi: «Ozarboyjon urush e’lon qildi» 27 sen, 20:20
  • Ozarboyjon butun front chizig‘i bo‘ylab vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi 21 iyul, 21:19
  • Ozarboyjon va Armaniston chegarasida yana to‘qnashuvlar boshlandi 16 iyul, 16:10
  • Armaniston mudofaa vazirligi Ozarboyjon tomoni yana o‘t ochganini xabar qildi 13 iyul, 14:50
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda 23 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti 22 yanv, 17:00 0
  • Olimlar koronavirusning birinchi haqiqiy 3D modelini namoyish etdi (video) 22 yanv, 16:30 1
  • «Jarayon hali davom etadi» — ozodlikka chiqqan Abdukarim Mirzayev bilan katta suhbat 22 yanv, 15:50 18
  • Amerikalik erkak 75 ming dollar evaziga oyoqlarini uzaytirdi 22 yanv, 15:18 67
  • Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi 22 yanv, 14:43 139
  • SSSR dohiysiga tajovuz. Brejnevga qarshi uyushtirilgan sirli suiqasd tarixi 22 yanv, 14:06 233
  • "Yuventus" shveysariyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi 22 yanv, 13:47 300
  • "MIB xodimlariga ham oson emas!" 22 yanv, 13:13 569
  • Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi 22 yanv, 12:50 476
  • Ilon Mask tanlov e’lon qildi: g‘olibga 100 million dollar beriladi 22 yanv, 12:26 1 013
  • Kollejlar tizimi to‘lig‘icha Mehnat vazirligiga o‘tkaziladi 22 yanv, 12:05 415
  • 132 mln. so‘m aliment pullari uch nafar farzandning moddiy ta’minoti uchun undirib berildi 22 yanv, 11:54 245
  • Bo‘limlar