“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 21:31
ЎЗO‘Z

Indoneziyadagi Levotolo vulqonining uyg‘onishi(video)

30 noya, 10:33 2 357 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Indoneziyadagi Levotolo vulqonining uyg‘onishi(video) Indoneziyada Lomblen orolida joylashgan Levotolo vulqoni uyg‘ondi. Vulqon 2012 yildan beri nofaol holatda edi.
Vulqonning kuli kraterdan taxminan 5 ming metr balandlikka ko‘tarilgan.

Vulqonshunoslik va geologik risklarni kamaytirish markazining xabariga ko‘ra, vulqondan 2 kilometr radiusda har qanday faoliyat taqiqlab qo‘yilgan.

Foto: MAGMA
Vulqonning ayni vaqtdagi faolligi hali ham yuqori, u kul chiqarishda davom etishi mumkin. Markaz olimlari vulqondan 4 kilometr radiusda yashovchi aholiga hududni tark etish, shuningdek, tibbiy niqoblar, teri va ko‘zni himoyalovchi vositalarni g‘amlab olishni tavsiya qilgan.

Vulqon faollashishi oqibatida halok bo‘lganlar yoki jarohat olganlar haqida axborot kelib tushmagan. Biroq mamlakat hukumati ushbu hududda samolyotlar parvozini taqiqlagan va mahalliy aeroportni yopib qo‘ygan.

Shu bilan birga, hukumat aholini lava oqimlarining paydo bo‘lishi haqida ogohlantirgan va holat bo‘yicha xavfga tezkor munosabat bildirishning deyarli yakuniy darajasi e’lon qilinganini bildirgan.

Indoneziya Tinch okeani vulqon olovli halqasi — eng xavfli seysmik hududda joylashgan, mamlakat orollarida taxminan 130 ta faol holatdagi vulqon mavjud.

2019 yil 25 mayda Bali orolidagi Agung vulqoni otilgan, oqibatda unga yaqin 9 ta qishloq kul ostida qolgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 4
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 25
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 52
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 138
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 147
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 185
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 0
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 0
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 3
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 24
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 78
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 159
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Bo‘limlar