“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2021, 19:08
ЎЗO‘Z

Peshob tuta olmaslik: sabablari va profilaktikasi

26 noya, 19:00 3 268 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Peshob tuta olmaslik: sabablari va profilaktikasi Foto: CBS Baltimore
Ma’lumotlarga qaraganda, 34-40 foiz ayolni turli darajadagi peshob tuta olmaslik bilan bog‘liq muammo bezovta qiladi va bu hol faqatgina yoshi o‘tgan ayollarda emas, yosh qizlarda ham kuzatilishi mumkin.

Peshob tuta olmaslikning qanday turlari bor?
Shifokorlar peshob tutolmaslikning uch: yengil, o‘rta va og‘ir darajasi borligini ma’lum qiladi. Yengil darajada 8 soat mobaynida bir necha tomchidan taxminan bir stakan miqdorda peshob ajralishi ko‘p hollarda yo‘talganda, qah-qah otib kulganda, aksirish va tez yurganda kuzatiladi. Agar shu bosqichning o‘zida shifokorga murojaat qilinsa, ushbu muammodan butkul qutulish mumkin bo‘ladi.

O‘rta darajada yengil jismoniy zo‘riqish va shoshilmasdan yurganda ham 400-600 ml peshob ajraladi. Agar shu bosqichda ham shifokorga murojaat qilinmasa, keyingi og‘ir bosqichga o‘tishi va kishi buni nazorat qila olmasligi mumkin. Bunda kun davomida 600 ml.dan ham ko‘p peshob ajraladi.

Muammoning kelib chiqish sababi?
Peshob tuta olmaslikning sababi turlicha bo‘lishi, jarohatdan keyin yuz berishi, boshdan kechirilgan boshqa kasallik sabab yoki noto‘g‘ri ovqatlanish va ko‘p o‘tirishdan ham kelib chiqishi mumkin. Eng ko‘p tarqalgan sabablar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Chanoq mushaklarining zaifligi
Chanoq mushaklari nafaqat reproduktiv a’zolar, balki siydik ajratish tizimi uchun ham muhim sanaladi. Yurganda, yugurganda, jismoniy mashq bajarib, yo‘talganda yoki og‘ir buyum ko‘targanda peshob ajraladigan bo‘lsa, bu mushaklarning zaiflashgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ortiqcha vazn
Ortiqcha vazn to‘plash deyarli barcha tana a’zolarini, xususan, chanoq mushaklarini ham zo‘riqtiradi va bu peshob tuta olmaslikka olib kelishi mumkin.

Kasalliklar
Qandli diabet, insult, demensiya, Parkinson va boshqa bir qancha kasalliklar nervlarga ta’sir o‘tkazishi, buning oqibatida esa miyadan siydik pufagiga signal yetib bormasligi mumkin.

Homiladorlik va menopauza
Bu ayollarda bunday muammo kuzatilishining eng ko‘p tarqalgan sabablaridan biri hisoblanadi. Bachadondagi o‘zgarish boshqa a’zolarga ham ta’sir o‘tkazmay qolmaydi, shuningdek, tug‘ruq jarayonida mushaklar zaiflashadi. Menopauza vaqti yoki undan keyin ham peshob tuta olmaslik holati kuzatilishi mumkin.

Profilaktika uchun nima qilish kerak?
Turli kasalliklar keltirib chiqargan bo‘lsa, bu anchayin mushkul masala, ammo bu holat semirish va mushaklar zaiflashishi bilan bog‘liq holda yuzaga kelmasligining oldini olsa bo‘ladi. Buning uchun parhezga amal qilish, faol turmush tarziga rioya qilish, shuningdek, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanib turish kerak.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Podagra: buyrakni ishdan chiqaruvchi bo‘g‘imlar kasalligi haqida nimalarni bilish kerak? 20 okt, 11:00
  • Odatiy tuyulgan, ammo jiddiy kasallikdan darak beruvchi 10 simptom 01 okt, 07:00
  • Chanqoqni qondiruvchi eng yaxshi ichimlik aniqlandi. Lekin bu suv emas 26 sen, 21:38
  • Aslida neʼmatning nimaligini bilamizmi? 29 mar, 23:43
  • Organizmdagi suvsizlikni qanday bilish mumkin? 24 mar, 07:00
  • Ozishni istaysizmi? Afsona va haqiqatlar bilan tanishing! 21 sen, 16:01
  • So'nggi yangiliklar
  • «Samosud»ni videoga olib tarqatgan shaxs 22 million so‘m jarimaga tortiladi 15 yanv, 18:46 1
  • Ruhiy nogironlar – ular kimlar? 15 yanv, 18:08 1
  • 1 fevraldan kimlarning pensiyalari oshirildi? 15 yanv, 17:33 285
  • Piter Xyuistra «Paxtakor» bosh murabbiyi etib tayinlandi 15 yanv, 17:06 161
  • Psixosomatik sindrom haqida bilasizmi? 15 yanv, 16:30 199
  • Qalbaki kupyuralar tayyorlagan shaxs ushlandi 15 yanv, 16:00 266
  • Bojxonachilar yirik miqdordagi sintetik giyohvandlik vositasining kontrabandasiga chek qo‘yishdi 15 yanv, 15:35 208
  • Xonada o‘tirib ishlash qanday kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin? 15 yanv, 14:58 216
  • Bahodir Jalolov Tokio Olimpiadasiga qadar professional boksda yana jang o‘tkazadimi? 15 yanv, 14:25 239
  • Toshkentdagi barcha radarlar to‘liq ishlamoqda 15 yanv, 13:51 290
  • Temur Kapadze Diyor Imomxo‘jayevga qanday taklif berdi? 15 yanv, 13:23 531
  • 16 yanvar kuni havo harorati 22 darajagacha ko‘tariladi 15 yanv, 12:50 461
  • Bo‘limlar