“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2021, 20:03
ЎЗO‘Z

Qo‘qonda 300 dollarini so‘mga alishtirib berishini aytib, o‘smirni aldab ketgan shaxslardan biri qo‘lga olindi

26 noya, 15:33 1 219 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qo‘qonda 300 dollarini so‘mga alishtirib berishini aytib, o‘smirni aldab ketgan shaxslardan biri qo‘lga olindi Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida noma’lum shaxslar 17 yoshli fuqarodan 300 AQSH dollarini so‘mga alishtirib berishini aytib, pulni bir qismini berib qolgan qismini bermay qochib ketdi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 19 noyabr kuni soat 11:30 da, noma’lum shaxslar Qo‘qon shahar Furqat ko‘chasida fuqaro 17 yoshli Jaloliddin Sh.ga 300 AQSH dollari miqdoridagi pullarini so‘mga almashtirib berishini aytgan. Ular Jaloliddinga 150 ming so‘m pullarni berib, undan 300 AQSH dollarini olgan. Qolgan pullarni avtomashinadan olib berishini aytib, qora rangli Spark avtomashinaga chiqib qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro 22 yoshli Shavkatjon M. va tergovga qadar tekshiruv jarayonida shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan Islom va Elyor ismli shaxslar bilan oldindan til biriktirib sodir etganliklari aniqlangan.

Holat yuzasidan fuqaro Shavkatjon M. hamda boshqa noma’lum shaxslarga nisbatan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Shavkatjon M. gumon qilinuvchi tariqasida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Shavkatjon M.ning jinoiy sheriklarini shaxsini aniqlash maqsadida, tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda o‘g‘rilik qilishiga xalal bergan 13 yoshli qizni bolg‘a bilan urib o‘ldirishga uringan ayol qo‘lga olindi 19 noya, 09:01
  • Qashqadaryolik fuqaro otasidan qolgan ov miltig‘ini tuman IIBga topshirdi 09 okt, 12:15
  • Tadbirkordan 60 ming AQSH dollari miqdorida «otkat» talab qilgan shaxs ushlandi 27 avg, 07:36
  • Mikrobiolog qo‘l berib ko‘rishishdan batamom voz kechishni taklif qildi 24 iyul, 18:06
  • O‘zbekistonda 350 mingdan ziyod ayol uzoq muddatga xorijga ketgan 15 iyul, 19:53
  • Olimlar xolesterinni kamaytiruvchi dori koronavirusni davolashda naf berishini aniqladi 15 iyul, 15:13
  • So'nggi yangiliklar
  • KXDR paradda «dunyodagi eng kuchli qurol»ni namoyish etdi 15 yanv, 20:00 0
  • Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistoni klubiga o‘tdi 15 yanv, 19:30 222
  • Rasman. OFK O‘zbekistonda o‘tadigan Osiyo chempionatini bekor qildi 15 yanv, 19:09 296
  • «Samosud»ni videoga olib tarqatgan shaxs 22 million so‘m jarimaga tortiladi 15 yanv, 18:46 229
  • Ruhiy nogironlar – ular kimlar? 15 yanv, 18:08 247
  • 1 fevraldan kimlarning pensiyalari oshirildi? 15 yanv, 17:33 1 137
  • Piter Xyuistra «Paxtakor» bosh murabbiyi etib tayinlandi 15 yanv, 17:06 284
  • Psixosomatik sindrom haqida bilasizmi? 15 yanv, 16:30 284
  • Qalbaki kupyuralar tayyorlagan shaxs ushlandi 15 yanv, 16:00 390
  • Bojxonachilar yirik miqdordagi sintetik giyohvandlik vositasining kontrabandasiga chek qo‘yishdi 15 yanv, 15:35 269
  • Xonada o‘tirib ishlash qanday kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin? 15 yanv, 14:58 264
  • Bahodir Jalolov Tokio Olimpiadasiga qadar professional boksda yana jang o‘tkazadimi? 15 yanv, 14:25 295
  • Bo‘limlar