“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2021, 03:30
ЎЗO‘Z

“Spartak” qishda Kral va Urunovni sotmoqchi. Klub ulardan birining narxini aytdi

25 noya, 20:38 2 194 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Spartak” qishda Kral va Urunovni sotmoqchi. Klub ulardan birining narxini aytdi “Spartak” bosh direktori Shamil Gazizovning transfer siyosati ko‘p tanqid qilinmoqda. Bu ko‘p jihatdan jamoa yarim himoya chizig‘ida bir ampluaga bir necha futbolchi yig‘ilib qolgani va kerakli nuqtalarga yangi ijrochilar olinmagani bilan bog‘liq. Oston O‘runov transferi ham tanqidlarga nishon bo‘layotgani bor gap. Qolaversa, o‘zbek legioner hali o‘zidan kutilgan o‘yinni ko‘rsata olgani yo‘q va tobora zaxiraga “mixlanib” bormoqda.

Yaqinda mutaxassislar va jurnalistlar jamoa o‘yiniga shiddat qo‘shish uchun hujumkor markaziy yarim himoyachi pozitsiyasiga yangi futbolchi kerakligini ta’kidlab, bu borada bosh murabbiy Domeniko Tedeskoga ham murojaat qilishdi.

Bizda bu pozitsiyada o‘ynay oladigan Zelimxan Bakayev, Aleksandr Kokorin va Oston O‘runov bor. Mixail Ignatov va Dmitriy Markitesovdan ham foydalansak bo‘ladi. Bir pozitsiyaga ko‘p o‘yinchi sotib olib bo‘lmaydi, - deb javob qildi Tedesko.

Mutaxassislar bir pozitsiyada ko‘p o‘yinchi to‘planib qolmasligi uchun “Spartak” qishda o‘ziga kerakli futbolchini olish uchun bir necha yarim himoyachilarni transfer qilishini kutyapti. Yaqinda “Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov ham maydonga tushmayotgan va muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan futbolchilar ketishi kerakligi, ularni ijaraga berish yoki to‘liq sotib yuborish rejasi borligini bildirgandi.

Xususan, Gazizov “Spartak”ga o‘zi olib kelgan Oston O‘runov kelajagi haqida ham shunday fikrda.

- Oston O‘runovning asosiy tarkibga kira olmayotgani haqida biroz shoshilmagan ma’qul. Hali oldinda o‘yinlar bor. U hozir jarohatlaridan tiklanib bo‘ldi. Lekin men ijara varianti borligini ham rad etmayman. Hatto uning o‘sishini ta’minlash maqsadida O‘runovni qishki transferlar vaqtida sotib yuborishimiz ham mumkin. Unga rivojlanishi uchun imkon berish kerak. Biz futbolchini to‘liq tushungan holda qaror qilishimiz kerak. Futbolchi muntazam o‘sib borishi kerak. Shuning uchun ham doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan futbolchilar ketgani ma’qul. Bu “Spartak”ning hamma o‘yinchilariga tegishli, - dedi Shamil Gazizov.

O‘runovga Rossiya klublaridan tashqari, Germaniya tomonlardan ham taklif bo‘layotgan ekan.

Asosiy tarkibga kirishda O‘runovning asosiy raqobatchisi Aleks Kral ham qishda Angliya tomonlarga ketib qolishga yaqin turibdi. Uning ketishi bevosita Ostonning klubdagi mavqeiga ham ta’sir o‘tkazadi.

Angliya premer-ligasining bir necha klublari chexiyalik yarim himoyachini qishda qo‘lga kiritmoqchi. Xususan, “Vest Xem”, “Everton” va “Nyukasl” yozda bo‘ladigan Yevropa chempionatidan keyin Kralning transfer summasi ko‘tarilib ketishidan xavotirlangan holda, uni tezroq o‘z safiga qo‘shib olishga intilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Spartak” Aleks Kralni qishki transferlar oynasi ochilishi bilan qo‘yib yuborishga tayyor. Avvaliga ,“Spartak” rahbariyati Kralning transfer summasidan 30 million yevro ishlab olishni istayotgan edi. Bu narxni bozor ko‘tarmadi. Endi klub xo‘jayinlari chexiyalik yarim himoyachini 18 million yevroga sotib yuborishga tayyor. Bu summa turli bonuslar evaziga yana oshishi mumkin.

Moskvaliklar Aleks Kralni bir yil muqaddam “Slaviya”dan 12 million yevroga transfer qilgandi. Bu futbolchi “Spartak” bilan 2024 yilning yozigacha amal qiladigan shartnomaga ega va unga ko‘ra, yiliga bir million yevroga yaqin maosh olmoqda.

Xulosa qilib aytganda, qishki transferlar davrida “Spartak”da yangiliklar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Va bu Oston O‘runovning faoliyatida yangi burilish yasashi mumkinligini ham e’tibordan qochirmagan ma’qul.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • “Spartak” bosh direktori O‘runovning kelajagi haqida gapirdi 13 noya, 22:33
  • Oston O‘runov nima uchun bugun o‘ynamayapti? "Spartak" bosh murabbiyi javob berdi 10 avg, 00:05
  • «Rostov» va SSKA qishda Oston O‘runovni sotib olishni istamagani ma’lum bo‘ldi 02 avg, 21:54
  • Moskvaning “Spartak” klubi O‘runovni oladimi? Bosh direktor javob berdi 17 iyul, 15:21
  • Tojikiston terma jamoasi a’zosi yangi mavsumni "Nasaf"da boshlashi mumkin 04 yanv, 23:02
  • “Spartak” rahbariyati va futbolchilari o‘zaro rublning o‘zgarmas kursini belgilashdi 27 fev, 00:12
  • So'nggi yangiliklar
  • Shifokor kartoshkaning salomatlikka zararidan ogohlantirdi 28 fev, 23:58 223
  • Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto) 28 fev, 23:30 206
  • Rossiya iqlimni monitoring qiluvchi sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi (video) 28 fev, 22:53 284
  • Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda «Jenoa» «Inter»ga yirik hisobda yutqazdi 28 fev, 22:33 456
  • AQSH Arktikada Rossiyaga qarshi kurashish uchun sun’iy yo‘ldoshlarni yangilamoqchi 28 fev, 22:00 599
  • OKMK futzalchisi Timur Berdiyev avtohalokatga uchrab vafot etdi 28 fev, 21:30 704
  • Yurak xuruji yuz berguniga qadar bilish kerak bo‘lgan ushbu kasallikka oid 6 fakt 28 fev, 20:53 821
  • Priyanka Chopra haqidagi avval e’lon qilinmagan 11 ta ma’lumot 28 fev, 20:05 438
  • Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan 300dan ko‘proq qiz ozod qilindi 28 fev, 19:28 626
  • Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karerasini yakunlamoqda 28 fev, 18:48 390
  • “Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri “Marca”ga intervyu berdi: O‘zbekistonda kinolardagidek yashamoqdaman 28 fev, 18:13 527
  • Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yolladi 28 fev, 17:43 976
  • Bo‘limlar