“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 21:55
ЎЗO‘Z

General Motors texnik nosozlik sababli 6 millionta avtomobilini qaytarib olmoqda

24 noya, 08:02 4 315 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
General Motors texnik nosozlik sababli 6 millionta avtomobilini qaytarib olmoqda Foto: Daniel Acker / Bloomberg via Getty Images
AQSHning General Motors (GM) avtokonserni o‘z avtomobillarida o‘rnatilgan Takata firmasining xavfsizlik yostiqchalarida nosozliklar bo‘lishi mumkinligi sababli 6 mlnta avtomobilini qaytarib olmoqda.

GM’da ta’kidlanishicha, kompaniya AQSH transport vazirligining Yo‘l xavfsizligi milliy boshqarmasi (NHTSA) talabini bajarmoqda. “Ilmiy ma’lumotlar va tekshiruvlar natijalariga ko‘ra mashinalarni qaytarib olishga zarurat yo‘q deb hisoblashimizga qaramay, NHTSA mashinalarda xavfsizlik yostiqchalarini almashtirishni talab qildi. Biz bundan norozimiz, biroq NHTSA qaroriga bo‘ysunamiz va barcha zarur choralarni ko‘ramiz”, deb ta’kidlab o‘tilgan kompaniyada.

Avvalroq NHTSA GM’dan 6 mlntaga yaqin pikap va yo‘ltanlamaslarini qaytarib olishni talab qilgan. Ta’kidlanishicha, kompaniya bu bilan bog‘liq holda 1,2 mlrd dollarlik ziyon ko‘rishi mumkin.

Yaponiyaning Takata kompaniyasi o‘zi ishlab chiqargan xavfsizlik yostiqchalaridagi muammolar sababli 2014 yilda mojaro markazida qolgandi. Kompaniyaning xavfsizlik yostiqchalari avtofalokat vaqtida to‘g‘ri ochilmay, yorilib ketishi yoki hattoki avtomobil ichidagi odamlarga metall bo‘laklari otishi mumkin bo‘lgan. Bunday ko‘ngilsiz hodisalar tufayli butun dunyoda kamida 23 kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar jarohat olgan. Umumiy hisobda ushbu texnik nosozlik sababli turli markalarning 100 mlnga yaqin avtomobili qaytarib olingan, Takata esa 2017 yilda kasodga uchragan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 216
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 171
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 233
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 147
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 395
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 223
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 0
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 0
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 1
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 169
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 181
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 99
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 66
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 54
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • Bo‘limlar