“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 23:05
ЎЗO‘Z

Sovuq ob-havo ortga chekina boshlaydi, hafta oxirida esa...

23 noya, 22:53 5 419 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sovuq ob-havo ortga chekina boshlaydi, hafta oxirida esa... Bugun O‘zbekiston hududlari ustidagi antisiklonning sovuq periferiyasi kuchsizlanadi, respublikaning barcha hududlarida ob-havo ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha biroz ko‘tariladi.

24-25 noyabrda respublika hududlariga Qozog‘iston hududlaridan yana havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, lekin bu massalar avvalgisiga o‘xshab uncha sovuq bo‘lmaydi. Ushbu havo massalari natijasida 24 noyabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 25 noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin.

Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ob-havo bulutli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 24 noyabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, shimolda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuqdan 3 darajagacha iliq, 25 noyabrda havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuqdan 3 darajagacha iliq bo‘ladi.

26 noyabrda antisiklon periferiyasi ortga chekinadi, O‘zbekiston hududlariga deyarli iliq havo massalari kirib keladi. Respublikada yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Kechasi sovuq biroz kuchsiz bo‘ladi va 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi, kunduzi havo harorati 7-10 daraja iliqqacha ko‘tariladi, bu haroratning me’yoriy qiymatlariga yaqindir.

27 noryabrda respublikaning shimoliga Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo massalarini kirib kelishi bilan ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin, qolgan hududlarda yog‘ingarchiliksiz iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kechalari manfiy qiymatlargacha biroz ko‘tariladi, kunduzi 5-10 daraja iliq atrofida, janubda 11-13 daraja iliqqacha bo‘ladi.

28 noyabrda bu sovuq havo respublikaning barcha hududlariga tarqaladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28 noyabrda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 3 daraja sovuqdan 2 darajagacha iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi, bu me’yordan 5-7 darajaga kamdir. Respublikaning ba’zi joylariga tuman tushishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 206
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 0
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 1
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 0
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 28
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 57
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 36
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 56
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 56
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 45
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 54
  • Bo‘limlar