“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2021, 09:02
ЎЗO‘Z

«Har kuz-qishida shu bo‘lar takror» – gaz zapravkalarda yana uzun navbatlar yuzaga kelmoqda

21 noya, 10:05 1 812 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Har kuz-qishida shu bo‘lar takror» – gaz zapravkalarda yana uzun navbatlar yuzaga kelmoqda Farg‘onada metanga navbat.
Olimjon Haydarov fotosi.

Farg‘ona viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari 2020 yil 19 noyabr kuni umuman faoliyat ko‘rsatmagan. Bunga zapravkalar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar sabab bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda «Daryo».

Qayd etilishicha, Farg‘onadagi 117 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari 2020 yil 1 noyabrdan boshlab tong soat 06:00 dan kech soat 18:00 gacha ishlash rejimiga o‘tkazilgan.

Kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz ravishda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalariga har kuni soat 18:00 dan tonggi soat 6:00 gacha gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan.

So‘nggi kunlarda viloyatdagi gaz zapravkalar oldida navbatlar yuzaga kelishni boshlagan. Ayrimlarida esa kunduzi ham gaz yetkazib berishda soatlab uzilishlar kuzatilmoqda.

Haydovchilarning ma’lum qilishicha, turnaqator navbatlar tufayli avtomobilga gaz to‘ldirish uchun ikki-uch soat, ba’zida besh-olti soat vaqt ketmoqda.

Gaz quyish shoxobchalaridagi cheklovlar boshqa viloyatlarda ham o‘rnatilmoqda. Xususan kuni kecha «Hududgaz Sirdaryo» gaz ta’minoti filiali Sirdaryo viloyatida shu yilning 1 dekabrigacha hududda joylashgan avtomabillarga gaz quyish kompressor shoxobchalari (AGTKSH)ga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz ta’minoti kech soat 19.00 dan ertalab soat 07.00 ga qadar cheklanishini ma’lum qildi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Qarshidagi pasport stolda odamlar soatlab navbat kutmoqda 14 dek, 12:25
  • 10dan ortiq avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasining faoliyati vaqtincha toʻxtatildi 06 noya, 08:12
  • Farg‘onadagi AGTKShda avtomobil yonib ketdi 09 sen, 11:13
  • Andijondagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida 2 ta Damas yonib ketdi 12 avg, 19:57
  • DSQ metan gaz bo‘yicha bayonot berdi 07 yanv, 17:50
  • Avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida narx oshirilmoqda 20 noya, 10:55
  • So'nggi yangiliklar
  • To‘lagan Isoqov "Paxtakor"ning OCHLdagi omadsizligi, Xyuistra va o‘zining taklifi haqida 06 мая, 09:00 0
  • Isroil bosh vaziri hukumat tuzishni uddalay olmadi 06 мая, 08:30 0
  • BAAda avtomobil raqami 10 mln dollardan qimmatroqqa sotildi 06 мая, 08:00 1
  • Davron Fayziyev: Ikki munosib jamoaning to‘qnashuvi va aristokratcha yakun 06 мая, 04:22 483
  • Zidan: "Chelsi" munosib g‘alabaga erishdi. Biz shundoq ham ancha uzoqqa bordik, yigitlarim bilan faxrlanaman" 06 мая, 04:11 425
  • ECHL. "Chelsi"ga "Real"ning kuchi yetmadi — bizni inglizcha final kutmoqda 06 мая, 02:40 707
  • O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i importi QQSdan ozod qilinganidan so‘ng qariyb ikki baravar oshdi 06 мая, 00:16 1 444
  • Bojxonachilar qonunbuzarlikka chek qo‘yishdi 05 мая, 23:55 744
  • Qonunchilik palatasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi qonunni qabul qildi 05 мая, 23:30 886
  • Bojxonachilar 550 mln. so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini to‘xtatib qolishdi 05 мая, 23:03 813
  • Haydovchilar uch xil hujjatni ko‘rsatish majburiyatidan ozod bo‘ladi 05 мая, 22:44 1 561
  • Qing‘ir reja amalga oshmadi 05 мая, 22:22 1 057
  • Bo‘limlar