“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 04:10
ЎЗO‘Z

Xonanda Sarvara Turkiyaga ketishi sababi, Istanbuldan uy olgani va farzandi haqida

19 noya, 19:09 6 916 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xonanda Sarvara Turkiyaga ketishi sababi, Istanbuldan uy olgani va farzandi haqida Foto: Sarvaraning shaxsiy arxividan
O‘zbekistonlik taniqli xonanda, «Olmacha», «Muhabbat», «Uvolim bor» kabi ko‘plab qo‘shiqlar ijrochisi Sarvara bir necha yildirki Turkiyada yashamoqda. Uning Istanbulda ijod qilayotganidan bexabar san’at shinavandalari ham talaygina. «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov xonanda bilan ijtimoiy tarmoq orqali bog‘lanib, bir qancha savollarga oydinlik kiritdi.

— Nima uchun ijodingizni aynan Turkiyada yashab davom ettirishga qaror qildingiz?
— Bu savolni ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘pchilik beryapti. Bilasizmi, Istanbulda ijod qilishni anchadan beri rejalashtirib yurardim. Chunki turk madaniyatiga yoshligimdan qiziqaman. 2018 yili onam «Qizim, hali ham Turkiyada yashash rejangda bo‘lsa, muxlislaring va ijodingni o‘ylamasdan ket. Sening o‘ringda bo‘lganimda, shu paytga qadar ketgan bo‘lardim. Ba’zan odam orzularining ortidan quvishi ham kerak», deya maslahat berdi. Bir necha kundan so‘ng esa volidam kutilmaganda vafot etdi. Onamning gaplari ta’sir qilib, o‘sha yiliyoq Istanbulga yo‘l oldim. Salkam uch yildan buyon shu yerda istiqomat qilyapman. Turklarning musiqasi, madaniyati, yashash tarzi o‘zbeklarga o‘xshashligi bois qiyinchiliklarga duch kelganim yo‘q. Bu yerda o‘zbekistonlik tanish-bilishlar ham juda ko‘p.

Shu o‘rinda bir narsani aytib o‘tmoqchi edim. O‘zbekistonda «zapret»ga tushmaganman, men uchun barcha o‘zbek tele va radiokanal eshiklari hamisha ochiq. Hamon O‘zbekiston fuqarosiman. Turkiya fuqaroligini olish istagim umuman yo‘q. O‘zbekistonga tez-tez borib kelaman, to‘y xizmatlariga ko‘p taklif etishadi.

Foto: Sarvaraning shaxsiy arxividan
— Turkiya telekanallarining birida sohangizga oid loyihada faoliyat yuritayotganingiz haqida eshitdik...
— Istanbuldagi «Yoshlar» telekanalining «Do‘stlik» nomli loyihasida qatnashyapman. Ko‘rsatuv orqali o‘zbek milliy musiqasini targ‘ib etishga harakat qilyapman. «Do‘stlik»ning bir qancha sonlari efirga uzatildi. Serdar Ortach, Orhan Genjebay kabi taniqli san’atkorlar mehmon bo‘lishdi.
Foto: Sarvaraning shaxsiy arxividan
Turkiyalik san’atkor Orhan Gencebay bilan
— Demak, ushbu loyihadan olayotgan gonoraringiz asosiy daromad manbayingiz. Shundaymi?
— Yo‘q. O‘zbekistonda yig‘ib-tergan pullarim yashashim uchun asqatyapti. Ochig‘ini aytsam, Turkiyaga kelishimdan asosiy maqsad – pul topish emas. Aksincha, xorijlik hamkasblarim bilan tajriba almashib, o‘zimning yangi qirralarimni yuzaga chiqarish va musiqiy bilimlarimni yanada mustahkamlash niyatida kelganman. Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda yashovchi ijodimga befarq bo‘lmagan muxlislarim to‘y-hashamlarga ko‘p taklif qilishadi. Ammo hozir faqat mehmon sifatida qatnashyapman xolos, xizmatlarga bormayapman.

— Istanbuldan uy sotib olganingiz haqidagi xushxabarga aniqlik kiritsangiz.
— 2020 yilning bahorigacha ijarada yashadim. May oyida esa uy xarid qilishga kirishdim. Boshida ko‘pchilik xonadon oladigan pulimni uy biznesiga sarflab, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishimni maslahat berdi. Lekin men takliflarni rad etib, ko‘nglimdagi narxga to‘rt xonali xonadon sotib oldim.

— Bu borada qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishingizga to‘g‘ri keldi?
— Toshkentda uy xarid qilishingiz uchun poytaxt propiskasi bo‘lishi kerak, degan qoidalar bor. Ammo xoh Turkiya fuqarosi, xoh boshqa mamlakat fuqarosi bo‘ling, bu davlatda o‘zingiz istagan hududdan uy sotib olishingiz mumkin. Hatto qisqa vaqt ichida yangi xonadoningizni nomingizga rasmiylashtirib ham berisharkan.

Foto: Sarvaraning shaxsiy arxividan
— Ikki mamlakatning shou-biznes olami o‘rtasidagi eng muhim farqlarni nimalarda sezdingiz?
— Tafovut katta. Biroq men ayrimlarigagina to‘xtalib o‘taman. Turkiyalik san’atkorlar to‘y va tadbirlarda har doim to‘liq jonli ijroda qo‘shiq kuylaydi. Fonogrammaga nisbatan ehtiyoj va e’tibor yo‘q. Ular bir yilda bitta yoki ikkita yangi qo‘shiq ijro qiladi xolos. Shuningdek, bu yerda san’atkorlar yoshidan qat’i nazar, xohlagan hamkasbining xit taronasini muallif ruxsati bilan kuylash odati azaldan mavjud ekan. Ular shu tariqa qo‘shiqning umrini yanada boqiy bo‘lishiga hissa qo‘shisharkan. Bizda esa faqat ustoz san’atkorlarning qo‘shiqlarini ijro etish an’anasi bor.

Turkiyada mashhur va yoshi katta san’atkorlardan qo‘shiqlari tele va radioda aylanganiga pul olinmaydi. Lekin ijod qilishni endigina boshlagan yoshlardan to‘lovni amalga oshirish, albatta, talab etiladi. Bu narx o‘zbek televideniyesi va radiolariga qaraganda biroz qimmat. Ahamiyatlisi, bu davlatda litsenziyaga umuman pul to‘lanmaydi.

Foto: Sarvaraning shaxsiy arxividan
— Farzandlaringiz to‘g‘risida ham gapirib bersangiz?
— Bir nafar farzandim bor. Qizim Muslimaxon bu yil o‘n bir yoshga to‘ldi. U Istanbuldagi maktablarning birida o‘qiyapti. Rasm chizishga juda qiziqadi. Hayvonlarga nisbatan mehribon. Ba’zan men kabi qo‘shiqchi bo‘lish orzusi borligini aytadi. O‘zingiz bilasiz, bola bu yoshda ko‘p narsalarga qiziquvchan bo‘ladi, kelajagini bir qancha kasb bilan bog‘laydi. Biz ham shunday paytimizda jahongashta, shifokor va boshqa kasb egasi bo‘lishni orzu qilardik. Farzandim kelgusida qaysi soha vakili bo‘lishni vaqt ko‘rsatadi.

— Samimiy suhbat uchun katta rahmat!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 279
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 312
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 31
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 120
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 436
  • Og‘ir vaziyatda Lolani qo‘llab-quvvatlaymiz! Faqat... 21 apr, 19:09 1 136
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 86
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 44
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 23
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 103
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 100
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 149
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 65
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 203
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 220
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 285
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 160
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 106
  • Bo‘limlar