“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:50
ЎЗO‘Z

Tramp Twitter’da Baydenning g‘alabasi haqida yozdi

16 noya, 10:01 2 749 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp Twitter’da Baydenning g‘alabasi haqida yozdi Foto: Reuters
AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’ida AQSHdagi prezidentlik saylovlarida yuz berishi mumkin bo‘lgan nayranglar va unda Jo Baydenning g‘alabasi haqidagi Fox News telekanali syujetiga munosabat bildirdi, deb yozmoqda «RBK».

«U g‘olib bo‘ldi, chunki saylovlar soxtalashtirilgan. Ovoz berish va ularni hisoblashni nazorat qiluvchi hech qanday kuzatuvchilar yo‘q edi», — deb yozgan Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Baydenning g‘alabasini «obro‘si tushgan» va yaroqsiz uskunalarga ega bo‘lgan Dominion xususiy kompaniyasi (ovoz berish uchun uskunalar va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Dominion Voting Systems. — «RBK»), shuningdek, qonunbuzarliklar haqida sukut saqlayotgan OAVlar ta’minlagan.

Trampning ta’kidlashicha, saylov kechasida yuz bergan barcha mexanik nosozliklar (ovozlarni hisoblash boshlangan 3 noyabrdan keyingi tun nazarda tutilmoqda) demokratlarning ovozlarni o‘g‘irlashga urinishi edi. «Ular qo‘lga tushmasdan ko‘p narsaga erishdi. Pochta orqali ovoz berish — ahmoqona narsa», — deb yozgan Tramp.

Uning bildirishicha, Dominion Voting Systems tomonidan ishlab chiqarilgan ovoz berish mashinalari uning foydasiga hal bo‘lgan ovozlarni hisobga olmagan, shuningdek, uni Bayden foydasiga sanagan. Prezidentning ta’kidlashicha, Michiganda shunday yo‘l bilan uning 2,7 millionta ovozi o‘g‘irlangan.

NYT ma’lumotlariga ko‘ra, Michiganda haqiqatan ham byulletenlarni saylashda xatolik yuzaga kelgan, ammo u inson omili tufayli yuzaga kelgan va darhol bartaraf etilgan.

Bundan tashqari, Respublikachilar partiyasi vakillari: Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi va Klinton oilasi Dominion Voting Systems’ga aloqadorligini ma’lum qilgan. Biroq The Washington Post’ning yozishicha, ushbu siyosatchilar kompaniyada ulushga ega emas.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda prezident saylovi 2020 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tdi. 15 noyabr holatiga ko‘ra natijalar hali rasman e’lon qilinmadi. Amerika OAVlari Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Baydenni g‘olib deb topdi, Tramp saylovdagi mag‘lubiyatini hali ham rasman tan olmagan. Bayden uning mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortishini sharmandalik deb atadi.

Trampning shtab-kvartirasi Demokratlar byulletenlarni qayta ishlash tartibini respublika kuzatuvchilaridan yashirayotganini ta’kidlab, bir nechta muhim shtatlarda qayta hisoblashni talab qildi. Ulardan biri – Jorjiyada ovozlar qo‘lda hisoblanadigan bo‘ldi. Federal prokuratura AQSH prezidentlik saylovlarida mavjud qoidabuzarliklarga oid hech qanday dalil topmaganligini aytgan saylovlaridagi qonunbuzarlikni tekshirishdan bosh tortdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar