“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:05
ЎЗO‘Z

Namanganda o‘smir yigit sevgan qizini rashq qilib og‘ir jinoyatga qo‘l urdi

13 noya, 15:07 2 574 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Namanganda o‘smir yigit sevgan qizini rashq qilib og‘ir jinoyatga qo‘l urdi Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
Jinoyat ishi hujjatlariga ko‘ra, voyaga yetmagan (16 yoshli) Xamidullo R. 2020 yilning 7 noyabr kuni soat 22:30 larda Namangan shahar «Sohil» MFY hududida maktabdoshi, voyaga yetmagan (17 yoshli) G‘iyosiddin N. bilan «Nega meni yaxshi ko‘rgan qizimga SMS jo‘natding» deb, o‘zaro janjallashib, uni qorin sohasiga pichoq bilan bir marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan yetib borgan tergov-tezkor guruhi, joyni ko‘zdan kechirib, Bodomzor ko‘chasidan oqib o‘tuvchi ariq bo‘yidan tan jarohati yetkazishda foydalangan bir dona yog‘och sopli oshxona pichog‘i hamda hodisa joydagi qon dog‘lariga o‘xshash dog‘larni aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, jabrlanuvchining badanida qorindagi sanchilgan, kesilgan tarzidagi jarohati bo‘lib, charvi inventarizatsiyasi, jarohatidan qon sizib chiqishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro Xamidullo R. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Biroq, joriy yilning 9 noyabr kuni ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan jabrlanuvchi kasalxonaning jonlantirish bo‘limida olgan og‘ir tan jarohati oqibatida vafot etgan.

Hozirda Xamidullo R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «D» bandi bilan ayblov e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasi haqida qo‘shimcha axborot berilishi ta’minlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 51
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 109
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 53
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar