“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 10:33
ЎЗO‘Z

«Biz raqibmiz, dushman emas» – Bayden millatga murojaat qildi

07 noya, 15:00 2 261 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Biz raqibmiz, dushman emas» – Bayden millatga murojaat qildi Foto: Time
AQSH prezidentligiga nomzod demokratlar vakili Jo Bayden amerikaliklarga murojaat qildi. Uning murojaati aynan millatga bo‘ldi, tarafdorlariga emas. Bu esa Baydenning saylovda g‘alabasi tobora yaqinligidan dalolat.

«Hozircha g‘alabani e’lon qilolmaymiz, biroq raqamlar bizning g‘alaba shubhasiz ekanini ko‘rsatmoqda. Biz saylovlarni yutamiz. Kechadan buyon holat qanday o‘zgarganiga e’tibor bering: 24 soat oldin Jorjiyada ortda borayotgandik, hozir esa u yerda g‘olib bo‘lishga yaqinmiz. Pensilvaniyada ham orqada edik va hozir oldinga chiqib oldik. Nevada va Arizonada oldindamiz, Nevadada farqni ikki baravar oshirdik. Biz 300 dan ortiq ovoz olishni mo‘ljallayapmiz. Mamlakatda muammolar ko‘p va hozir siyosiy janjal vaqti emas. Biz raqib bo‘lishimiz mumkin, lekin dushman emas», dedi Bayden.

Demokratlar vakili o‘z nutqida barcha amerikaliklarning prezidenti bo‘lishini aytdi. U Tramp ismini faqat bir marta – undan o‘zib ketganini aytish uchun tilga oldi.

Associated Press ma’lumotiga ko‘ra, Bayden 264 ta ovoz bilan prezidentlik poygasida yetakchilik qilmoqda. Donald Trampda esa 214 ta ovoz bor. G‘alaba uchun Baydenga yana 6 ta ovoz kerak va Nevadadagi g‘alaba bu uchun yetarli bo‘ladi. Biroq Bayden Jorjiya va Pensilvaniyada ham Trampdan o‘zib ketdi. O‘z navbatida amaldagi prezident Donald Tramp mag‘lubiyatini tan olmasligini aytdi. Uning huquqshunoslari allaqachon saylovda ovozlar soxtalashtirilgani bo‘yicha bir nechta arizalarni sudga kiritgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 0
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 276
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 117
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 161
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 65
  • Bo‘limlar