“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 07:30
ЎЗO‘Z

Har kuni tuxum iste’mol qilish organizmga qanday ta’sir qiladi?

06 noya, 21:50 6 297 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Har kuni tuxum iste’mol qilish organizmga qanday ta’sir qiladi? Foto: Harper’s Bazaar
Oqsil, vitamin, mineral va yog‘larga boy tuxumni deyarli barcha foydali mahsulotlar ro‘yxatida uchratish mumkin. Shunga qaramay, ko‘p mutaxassislar tuxumni ko‘p iste’mol qilish organizmga faqat foyda emas, jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini ham ta’kidlaydi.

Foydasi
Tuxum foydali moddalarning koni. Tuxumning oqi organizmni aminokislotalar, A, D, E, K, shuningdek, B guruhi vitaminlarini ichiga oladi. Sarig‘i organizmni turli zararlanishlar, yallig‘lanishdan saqlaydigan, erta qarishning oldini oladigan, teri, soch va tirnoqlar mustahkamligini ta’minlaydigan antioksidantlarning manbayidir. Bundan tashqari, tuxumda suyak va bo‘g‘inlarni mustahkamlaydigan hamda kollagen ishlab chiqarilishini yaxshilaydigan minerallar ham bo‘ladi.

Qolaversa, tuxum parhez qiladiganlar uchun ham ayni muddao. U qorinni to‘q tutadi va uni iste’mol qilgan odam ortiqcha ovqatlanishdan tiyiladi. Yevropaning Nutrition jurnalining 2013 yildagi sonida yozilishicha, nonushtaga tuxum iste’mol qilish 30 foiz ortiqcha ovqatlanib yuborishning oldini oladi va kishi o‘zini uzoq vaqt to‘q his qiladi.

Zarari
Ammo uni me’yoridan ortiq iste’mol qilish yurak qon-tomir tizimi uchun xavfli. Gap shundaki, tuxumda foydali omega-3 yog‘ kislotasidan tashqari, «yomon xolesterin» – lipoprotein ham mavjud. Bir dona tuxumda 180 mg «yomon xolesterin» bo‘ladi, kunlik me’yor esa 300 mg tashkil etadi. Bu esa yurak faoliyatida muammo keltirib chiqarishi mumkin.

Yurak kasalligini orttirib olishni istamasangiz, kuniga bir martadan ko‘p bo‘lmagan tuxum iste’mol qiling. Ba’zida 2-3 dona yeyish ham mumkin, ammo buni odat tusiga aylantirmaslik kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 196
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 124
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 102
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 134
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 243
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 59
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 109
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 113
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 143
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 68
  • Bo‘limlar