“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 08:36
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston elektron tijorat sohasida istiqbolli takliflarni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor

04 noya, 20:09 1 971 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston elektron tijorat sohasida istiqbolli takliflarni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 4 noyabr kuni Shanxay shahrida «CIIE-2020» Import mahsulotlari uchinchi Xitoy xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimi ishtirokchilariga videoaloqa orqali murojaat yo‘lladi. Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyevning ushbu tadbirdagi nutqi matnini keltirdi.

«Hozirgi vaqtda O‘zbekiston o‘zining industrial taraqqiyotini jadallashtirmoqda. Biz xomashyo eksportini qisqartirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va ko‘paytirish siyosatini amalga oshiryapmiz.

Shu ma’noda, sanoat kooperatsiyasini faol rivojlantirish, birinchi navbatda, mineral-xomashyo resurslarni chuqur qayta ishlash va eksport bozorlariga chiqish uchun yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi qo‘shma korxonalar tashkil etish tarafdorimiz.

Shu maqsadda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma dastur qabul qilishni hamda qo‘shma investitsiya fondlari, sarmoyalarni kafolatlash va sug‘urtalash kabi vositalar yordamida ikki mamlakat biznes vakillarini aniq loyihalarni amalga oshirishga rag‘batlantirishni taklif etamiz
», degan Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari pandemiya munosabati bilan iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirish alohida dolzarb ahamiyat kasb etganini ta’kidlab o‘tgan.

«Xalqaro savdo, bojxona rasmiylashtiruvi, transport, ta’lim sohalariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taklif etamiz.

Elektron savdo maydonchalaridan foydalanish hisobiga savdo hajmlarini yanada oshirish muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston elektron tijorat sohasida istiqbolli takliflarni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor
», degan prezident.

Shuningdek, COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat global kun tartibining asosiy masalasi bo‘lib qolayotgani, ushbu inqiroz uzoq davom etishi ehtimoldan xoli emasligi qayd etib o‘tilgan.

«O‘z-o‘zidan ravshanki, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi, tibbiy tovarlarga ehtiyojlarning ortishi, moliyaviy beqarorlik va global yetkazib berish zanjirlarining buzilishi sharoitida hech bir mamlakat yakka holda pandemiyaning salbiy oqibatlarini yengib o‘ta olmaydi.

Vaziyat ushbu hayotiy muhim masalada jipslashishni, muvofiqlashgan va, eng muhimi, samarali harakatlarni taqozo etmoqda.
Shu munosabat bilan tibbiyot sohasidagi hamkorlikni, pandemiya va transchegaraviy tusdagi epidemiologik tahdidlarga qarshi kurashishda tajriba almashishni kuchaytirishni taklif etamiz
», degan Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 94
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 114
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 68
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • So'nggi yangiliklar
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 0
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 7
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 7
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 52
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 126
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 76
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 182
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 94
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 34
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 50
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 258
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 179
  • Bo‘limlar