“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2021, 15:17
ЎЗO‘Z

Xorazmda mast haydovchilardan biri jazodan qochish uchun suvga tushib oldi, yana biri supa tagiga berkindi (video)

04 noya, 12:04 1 828 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorazmda mast haydovchilardan biri jazodan qochish uchun suvga tushib oldi, yana biri supa tagiga berkindi (video) Kadr: Telegram/YHXBB
Xorazm viloyatida spirtli ichimlik ichib avtomashina haydagani uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilingan haydovchi yana mast holatda mashina haydab qo‘lga tushdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, Xorazm viloyati YHXB inspektorlari tomonidan avtomashina boshqarib kelayotgan haydovchi mast ekanligi aniqlangan. Haydovchi javobgarlikdan qochish uchun suvga tushib olgan.

Haydovchi avval ham spirtli ichimlik ichib avtotransport haydagani sababli 2020 yil 20 avgust kuni haydovchilik huquqidan 2 yilga mahrum qilingani aniqlangan.

Javobgarlikdan qutulish uchun qilgan harakatlari ish bermagan haydovchi suvdan chiqqan va inspektorlarga o‘z shartlarini qo‘ygan. Bu ham naf bermagach, haydovchi o‘zini yana suvga tashlagan. Haydovchi ushlanib belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan va spirtli ichimlik ichgani aniqlangan.

Haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtomashina vaqtinchalik ushlab turish uchun jarima maydoniga yuborildi.

Kadr: Telegram/YHXBB
Viloyat YHXB tomonidan shunga o‘xshash yana bir holat aniqlangan. Qayd etilishicha, Lacetti avtomashinasi haydovchini chap tomonga burila olmay ariqqa tushib ketgan. Haydovchi mast holatda avtomobil boshqargani aniqlangan.

Yana bir holatda Damas haydovchisi YHX inspektori to‘xtatishiga qaramay boshqaruvni davom ettirgan. Haydovchi duch kelgan xonadon yaqiniga mashinani to‘xtatib o‘zi supaning tagiga yashiringan.

Kadr: Telegram/YHXBB
YHXB xodimlari haydovchi shaxsini aniqlash maqsadida tuman IIB idorasiga olib borgan. Haydovchi spirtli ichimlik ichganini tan olishdan qochib, o‘zini boshqa nom bilan tanishtirgan.

Ekspertiza natijasida haydovchi spirtli ichimlik ichganiga aniqlik kiritilgan. Haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zangiotada mast haydovchi YPX xodimlaridan qochib, jo‘xori poyalari ichiga yashirinib oldi 25 okt, 12:00
  • 21 kishini avtomobil yukxonasida olib ketayotgan haydovchi jarimaga tortildi 29 avg, 08:30
  • Haydovchi mashina jarima maydonchasiga joylanishidan norozi bo‘ldi va uning ustiga chiqib oldi 01 avg, 13:07
  • Tracker mingan mast haydovchi YPX xodimiga 1 902 000 so‘m pora berayotganida ushlandi 27 fev, 08:30
  • Jizzaxlik haydovchi YHXB xodimiga pora berayotgan vaqtida qo‘lga olindi 13 fev, 17:18
  • Navoiyda haydovchining mast holdagi otasi inspektorni do‘pposladi 20 avg, 07:23
  • So'nggi yangiliklar
  • "Men faqat "Nasaf" haqida o‘ylamoqdaman" - Marko Stanoyevich final oldidan 04 dek, 14:55 0
  • Fakt! Cheran maydonga tushmagan o‘yinlarda "Paxtakor" g‘alaba qozonmagan 04 dek, 14:33 2
  • “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti! 04 dek, 14:04 3
  • O‘zbekistonda sement narxi arzonlashishi kutilmoqda 04 dek, 13:37 53
  • Belarus tez orada G‘arbga qarshi javob sanksiyalari e’lon qiladi 04 dek, 13:07 99
  • Ringda raqiblar, sudda esa hukumat bilan kurashgan, sport tarixidagi eng buyuk shaxs — Muhammad Ali 04 dek, 12:30 146
  • Idish-tovoq yuvadigan gubkadan unumli foydalanishning 11 usuli 04 dek, 12:00 168
  • Saakashvili davlat pulini o‘zlashtirganlik bo‘yicha sud qilinmoqda 04 dek, 11:27 197
  • 5 dekabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi 04 dek, 10:57 224
  • «Yangi O‘zbekiston islohotchisi» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi 04 dek, 10:30 189
  • Moskvada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi 04 dek, 10:15 355
  • Rossiyada shaxsiy avtomobillardan foydalanishda cheklov o‘rnatiladi 04 dek, 10:11 270
  • Bo‘limlar