“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 10:19
ЎЗO‘Z

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘zgarmoqda

03 noya, 20:43 2 947 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘zgarmoqda Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Abduhakim Mo‘minovich Hojiboyev vazirlikning yangi rahbari bo‘ladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati Abduhakim Hojiboyev nomzodi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga ma’qullangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 3 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga Abduhakim Hojiboyev nomzodini ko‘rib chiqdilar. Xalq vakillari tomonidan Abduhakim Hojiboyev nomzodi ma’qullandi», deyiladi xabarda.

Abduhakim Hojiboyev 1951 yilda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tug‘ilgan. 1990-1999 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida bosh ilmiy xodim, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgik markazida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

1999-2000 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori o‘rinbosari, 2000-2003 yillarda va 2007-2016 yillarda ilmiy markaz bosh direktori bo‘lgan.

U 2003-2007 yillarda va 2016-2017 yillarda ham Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2017 yil aprelida esa u Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimiga o‘tkazilgan va Bahodir Yusupaliyev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

U 2020 yilning iyulida Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi, unga koronavirusni davolash bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarga mas’ul bo‘lish vazifasi topshirildi.

Endi u Alisher Shodmonovning o‘rnini egallaydi. Alisher Shodmonov 2017 yil fevralidan buyon vazirlikni boshqarib kelayotgandi.
Hozirda uning keyingi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 113
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 411
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 118
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 41
  • Bo‘limlar