“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2021, 03:48
ЎЗO‘Z

Olimlar koronavirus kimlarda uzoqroq davom etishini aniqlashdi

03 noya, 10:22 1 731 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar koronavirus kimlarda uzoqroq davom etishini aniqlashdi Foto: «Ocoronavirus.ru»
London Qirollik kolleji olimlari «Covid Symptom Study» dasturi yordamida COVID-19ning uzoq davom etadigan turiga kimlar ko‘proq duchor bo‘lishini aniqlashdi. Bu haqda «Express» portali xabar berdi.

Tadqiqotchilar koronavirusga chalingan har yigirmanchi bemor sakkiz hafta va undan ko‘p vaqt davomida kasallik alomatlaridan qiynalishini ma’lum qilishdi. Aslida COVID-19 qancha davom etishini kasallik boshlangadayoq bilsa bo‘ladi.

«Kasallikning birinchi haftasida bemorda qancha ko‘p alomatlar namoyon bo‘lsa, uzoq davom etadigan COVID-19 ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi», — deyiladi maqolada.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kasallik davomiyligi bemorning yoshi, jinsi va tana vazni indeksiga bog‘liq.

Olimlar koronavirusga chalingan qariyb 4200 bemorning ma’lumotlarini o‘rganishib, bemorning yoshi qancha katta bo‘lsa, COVID-19ning uzoq davom etish ehtimoli shuncha yuqori bo‘lishini aniqlashdi. Shunga ko‘ra, 18 — 49 yoshlardagi bemorlarning taxminan 10%ida kasallik cho‘ziladi, 70 yoshdan oshganlarda esa bu ko‘rsatkich 22%ga yetadi.

Shuningdek, tana vazni indeksi yuqori bo‘lgan kishilar COVID-19dan uzoqroq aziyat chekishadi. Bundan tashqari, erkaklarda kasallikning uzoq davom etishi ayollarga qaraganda bir yarim baravar ko‘p uchraydi. Biroq bu, eng avvalo, yosh bemorlarga taalluqli. Bundan tashqari, astmasi bor bemorlarda ham bunday xavf yuqori.

Koronavirus pandemiyasi dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarni qamrab oldi. Hozirgi vaqtda 47 million kishi koronavirusga chalingan, 1,2 million bemor vafot etdi. 33,8 million kishi kasallikdan forig‘ bo‘ldi. Kasallanishlar soni eng ko‘p AQSH, Hindiston va Braziliyada kuzatilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Organizmda COVID-19ning alomatlarsiz kechishi nimaga bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘ldi 28 okt, 07:33
  • COVID-19 pandemiyasi yana qancha davom etadi? 13 okt, 15:00
  • Covid-19 bilan kasallanib sog‘aygan bemorlar yana 90 kun virus tarqatuvchi bo‘lishi mumkinmi? 21 sen, 18:00
  • Olimlar qayta koronavirusga chalinish sababini aniqlashdi 22 avg, 14:43
  • COVID-19 ga qarshi vaksina olinayotgan kuni «hushyor» bo‘ling! Shifokor maslahati 12 avg, 12:00
  • Grippga chalingan bemor koronavirus ham yuqtirib olsa, kasallik og‘ir kechishi mumkin 09 avg, 13:19
  • So'nggi yangiliklar
  • Shifokor kartoshkaning salomatlikka zararidan ogohlantirdi 28 fev, 23:58 223
  • Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto) 28 fev, 23:30 206
  • Rossiya iqlimni monitoring qiluvchi sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi (video) 28 fev, 22:53 284
  • Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda «Jenoa» «Inter»ga yirik hisobda yutqazdi 28 fev, 22:33 456
  • AQSH Arktikada Rossiyaga qarshi kurashish uchun sun’iy yo‘ldoshlarni yangilamoqchi 28 fev, 22:00 599
  • OKMK futzalchisi Timur Berdiyev avtohalokatga uchrab vafot etdi 28 fev, 21:30 704
  • Yurak xuruji yuz berguniga qadar bilish kerak bo‘lgan ushbu kasallikka oid 6 fakt 28 fev, 20:53 821
  • Priyanka Chopra haqidagi avval e’lon qilinmagan 11 ta ma’lumot 28 fev, 20:05 438
  • Nigeriyada o‘g‘irlab ketilgan 300dan ko‘proq qiz ozod qilindi 28 fev, 19:28 626
  • Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karerasini yakunlamoqda 28 fev, 18:48 390
  • “Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri “Marca”ga intervyu berdi: O‘zbekistonda kinolardagidek yashamoqdaman 28 fev, 18:13 527
  • Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yolladi 28 fev, 17:43 976
  • Bo‘limlar