“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 09:30
ЎЗO‘Z

Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘xtatish shartini aytdi

02 noya, 23:35 2 897 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘xtatish shartini aytdi Foto: EPA
Agar Armaniston tomoni mintaqadagi jangovar harakatlarni to‘xtatsa va muzokaralarda konstruktiv pozitsiyani namoyish qilsa, bosib olingan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqish majburiyatini oladigan bo‘lsa, Ozarbayjon Qorabog‘dagi harakatlarni to‘xtatishga tayyor. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining bosh kotibi Bag‘dod Amreyev bilan uchrashuvda ta’kidlab o‘tdi, deya xabar bermoqda «Interfaks».

Prezident shuningdek, 2 noyabr kuni mintaqadagi navbatdagi ozarbayjon qishloqlarining ozod qilinishi to‘g‘risida ma’lumot berilishini ma’lum qildi. Rasmiy Bokuning ma’lumotlariga ko‘ra, 27 sentabrdan beri Ozarbayjon Qurolli Kuchlari 195 ta aholi punktini, shu jumladan, Jabroil, Fizuli va Zangilan shaharlarini ozod qilgan.

Bundan tashqari, Aliyev rasmiy Yerevanni Ozarbayjon aholi punktlariga raketa hujumlari paytida taqiqlangan qurol ishlatishda aybladi.

Avvalroq, 31 oktabr kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan prezident Vladimir Putindan Armaniston chegaralariga harbiy harakatlarning yaqinlashishini inobatga olgan holda Turkiya–Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘ga qarshi harbiy tajovuzi yuz berganda Yerevanga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshlashni iltimos qildi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi to‘qnashuvlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Armaniston hududiga o‘tkazilsagina, Yerevanga yordam berishga va’da berdi.

Armaniston bosh vazirining o‘rinbosari Mger Grigoryan Pashinyanning murojaatini o‘tgan hafta Armaniston chegarasida Ozarbayjon tahdidi kuchaygani bilan izohladi.

Shuningdek, 2 noyabr kuni Armaniston Tashqi ishlar vazirligi yana mojaro zonasida Yaqin Sharqdan yollanma jangarilar borligini e’lon qildi va Turkiya hamda Ozarbayjon Qorabog‘ mojarosiga dinlararo xarakter berishga intilayotganini qo‘shimcha qildi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 1 noyabr kuni Qorabog‘ mudofaasi armiyasining bo‘linmalari o‘zini Idlib fuqarosi deb tanishtirgan chet el fuqarosini qo‘lga oldi. 30 oktabrda Qorabog‘da o‘zini Xama shahri fuqarosi deb tanishtirgan jangari qo‘lga olingani haqida xabar berildi. Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, hibsga olinganlar qanday qilib yollanganliklari va «g‘ayridinlarni» o‘ldirgani uchun oylik to‘lovi va’da qilgani haqida batafsil ma’lumot bergan.

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar tinchlikka erishish uchun qilingan ikkita urinishga qaramasdan, 27 sentabrdan buyon davom etmoqda. Ozarbayjon va Armaniston 10 oktabr kuni soat 12:00 dan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgandi. Ammo shu kuni keyinroq Armaniston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari bir-birini Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda aybladi.

19 oktabrda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qilgan. Keyinroq Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da Rossiya uchun bevosita xavf soluvchi Suriya terrorchilik guruhlari jangarilari bo‘lganligi uchun Moskva u yerda aksilterrorchilik operatsiyalarini o‘tkazish uchun asosga ega ekanligini aytgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 63
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 99
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 212
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 293
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 63
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 89
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar