“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 13:56
ЎЗO‘Z

«Bu mag‘lubiyatning tan olingani» – Ilhom Aliyev Armaniston bosh vaziri Putindan yordam so‘ragani haqida gapirdi

02 noya, 09:39 2 056 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Bu mag‘lubiyatning tan olingani» – Ilhom Aliyev Armaniston bosh vaziri Putindan yordam so‘ragani haqida gapirdi Foto: fbcdn.net
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putindan yordam so‘ragani haqida gapirar ekan buni mag‘lubiyatning tan olingani deb atadi. Pashinyan kecha, 31 oktabr kuni Putinga Armanistonni qo‘riqlashni iltimos qilib xat yozgan edi.

«Bu xat aslida mag‘lubiyatning tan olinishi. Ular Rossiyadan harbiy yordam so‘rashdi, lekin aslida bunga hech qanday asos yo‘q. Armanistonning qurolli kuchlari tezda Qorabog‘dan tinch yo‘l bilan olib chiqilishi kerak. Bu ish muhokamalarda hal qilinmasa, Boku oxirigacha boradi», degan Aliyev Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu bilan uchrashuv vaqtida.

Pashinyanning xatidan so‘ng Rossiya tomoni bu holatga javob bergan va qachonki Armaniston hududida harbiy harakat olib borilsa, vaziyatga aralashishi mumkinligini aytgandi. Biroq Ilhom Aliyev Ozarboyjonning Armaniston hududida harbiy harakat olib borish niyati yo‘qligini aytgan.

Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida Qorabog‘dagi janglar 27 sentabrdan buyon davom etmoqda. Ozarboyjon harbiy harakatlarni Armaniston Qorabog‘dan chiqib ketgan taqdirdagina to‘xtatishini ma’lum qilgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya Armanistonni qanday vaziyatda himoya qilishi mumkinligini ma’lum qildi 31 okt, 23:13
  • Ilhom Aliyev Ozarbayjonning asosiy qurol yetkazib beruvchisi kimligini aytdi 25 okt, 21:47
  • Armaniston prezidenti Qorabog‘ mustaqilligini qachon tan olishini aytdi 19 okt, 17:00
  • Pashinyan Armaniston Tog‘li Qorabog‘ bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha yon berishga tayyorligini ma’lum qildi 07 okt, 08:14
  • Tog‘li Qorabog‘da nima bo‘lyapti? Ozarbayjon prezidenti va Armaniston bosh vaziri Rossiya telekanali efirida shu haqda sirtdan bahslashdi 30 sen, 17:23
  • Armaniston bosh vaziri ham Moskvadagi G‘alaba paradiga bormaslikka qaror qildi 20 iyun, 10:16
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Ilgari vaziyat og‘ir edi, hatto o‘z ko‘chamni asfalt qila olmaganman 24 sen, 13:30 0
  • Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi 24 sen, 13:09 0
  • Surxondaryoda mast haydovchi Lacetti’da ikki YPX inspektorini sudrab ketdi 24 sen, 13:06 0
  • Nokia uchtalik kamera va 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi G50 smartfonini taqdim etdi 24 sen, 11:55 8
  • Elbrus fojiasi: alpinistlar halok bo‘ldi 24 sen, 11:28 44
  • «Tolibon» Ashraf G‘anidan olib chiqib ketgan pullarini qaytarishni talab qilmoqda 24 sen, 11:05 166
  • Ozodbek Nazarbekov Davron Kabulovga mukofotni topshirdi 24 sen, 10:42 270
  • Ronaldu qimmatbaho Bentley sotib oldi va o‘ziga qo‘riqchi yolladi 24 sen, 10:39 244
  • Shomurodovga ogohlik qo‘ng‘irog‘i... 24 sen, 10:36 674
  • "Roma" "Udineze" ustidan zafar quchdi, Shomurodov 86-daqiqada maydonga tushdi (video) 24 sen, 10:26 219
  • Liviya: Xalifa Haftar endi prezident bo‘lmoqchi 24 sen, 09:50 246
  • Farg‘onada ichki ishlar organlari xodimlari bugundan elektroshokerdan foydalanishni boshlaydi 24 sen, 09:22 263
  • Bo‘limlar