“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 13:46
ЎЗO‘Z

«Yangi O‘zbekistondagi eski O‘zbekistonga ‘g‘alaba’ muborak» — Rasul Kusherbayev UzAuto Motors’ning sudda yutib chiqqaniga munosabat bildirdi

31 okt, 12:30 4 169 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Yangi O‘zbekistondagi eski O‘zbekistonga ‘g‘alaba’ muborak» — Rasul Kusherbayev UzAuto Motors’ning sudda yutib chiqqaniga munosabat bildirdi UzAuto Motors kompaniyasining O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishiga oid 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilayotgan sud jarayoni yakunlangani va sudda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzAuto Motors kompaniyasiga yutqazgani haqida xabar berilgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev sud qarori bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.

- "UzAuto Motors va uni qo‘llab-quvvatlovchilarning harak(j)atlari zoye ketmadi. Ular shuni istashdi, shu bo‘ldi, ular «bo‘l» dedi, bo‘ldi, «bo‘lma», desa, bo‘lmasdi.

Ularga qancha gul, pul, kuch, e’tibor kerak bo‘lsa, hammasi muhayyo. Faqat odamlarning ishonchi va hurmatidan tashqari... Ammo ular uchun bir chaqalik qiymati yo‘q ishonch va hurmatsiz ham ular g‘olib, buyuk va tengsiz bo‘lib qolaverishlari mumkin. Chunki ular «eski O‘zbekiston» bo‘la turib «yangi O‘zbekiston»ni mag‘lub eta oldilar.

Xullas, yangi O‘zbekistondagi «eski O‘zbekiston»ga «g‘alaba» muborak! Sudga esa gap ham yo‘q
", - deydi Rasul Kusherbayev.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev ham sudning mazkur qaroriga nisbatan o‘z fikrini bildirdi va odil sudlov qaror topishiga qilgan umidi puchga chiqqanini ma’lum qildi.

- "UzAuto Motors’ga oid bugungi sud qarori mamlakatda monopoliyaga qarshi kurash, sog‘lom raqobat muhitini yaratish borasida aytilayotgan barcha gaplar, kutilayotgan islohotlar ildiziga bolta urdi.

Garchi bundan ancha oldin sud qarori «olib-sotar» UzAuto Motors foydasiga chiqishiga oid taxminlarni bir necha manbalardan eshitsam-da, lekin noumid shayton deya odil sudlov qaror topishiga oxirigacha umidvor edim. Afsus, ming afsus....
", - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev.

Eslatib o‘tamiz, deputat Rasul Kusherbayevning tanqidlari ortidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2020 yilning iyul oyida UzAuto Motors AJga nisbatan ish qo‘zg‘atgan edi. Qo‘mita kompaniya tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunni buzish alomatlarini aniqlagan.

Qo‘mitaning 2020 yil 19 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida maxsus komissiya tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganini tasdiqlagan. Unga ko‘ra, avtomobillar narxi 3 million so‘mdan 19 million so‘mgacha asossiz oshirilgani aniqlangan. Qo‘mita narxlarning asossiz oshirilgan qismlarini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. UzAuto Motors esa bunga «avtomobillar narxi asosli va hozir narxni pasaytirish imkonsiz» deya javob qaytargan edi.

Mazkur o‘rganish natijalari omma uchun e’lon qilingach UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror ustidan sudga shikoyat qilishini bildirgandi va keyinroq kompaniya Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat qilgani ma’lum bo‘lgandi.

Kompaniyaning sudga murojaat qilgani ma’lum bo‘lgach, Rasul Kusherbayev o‘z munosabatini bildirib, «Ko‘ramiz, sud bu ishni qanchalik mustaqil ko‘rib chiqib, qonunlarga asosan qaror qabul qilarkan. Shuncha qiyinchilik bilan xalq roziligi uchun boshni kundaga qo‘yib qilinayotgan ishdan hafsala pir bo‘lmasin-da, ishqilib», — deya yozgandi.

UzAuto Motors va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘rtasidagi sud jarayoni 2 oktabr kuni boshlangan, 9 oktabrda o‘tkazilgan sud majlisida UzAuto Motors tovarlar narxini shakllantirish maxfiy hujjatlarga asoslanganini bildirgan va sud 16 oktabrdagi majlisda ishni yopiq tartibda ko‘rishni boshlagan.

23 oktabrda bo‘lib o‘tgan sud majlisida UzAuto Motors chetdan olib kelingan butlovchi ehtiyot qismlarning narxi oshishi, xorijiy valyuta kursi oshishi tannarxlarni shakllantirishida ta’sir qilishini ta’kidlab, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bu holatni hisobga olmaganini bildirgan. Bunga javoban qo‘mita vakillari tekshirish davomida bir necha marotaba hujjatlar taqdim etish so‘ralganida kompaniya tomonidan tegishli hujjatlar o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi, tekshirish muddati yakunlanishiga kam vaqt qolganligi sababli umumiy hisob-kitoblar tanlov asosida o‘rganib chiqilganligi ma’lum qilgan.

Toshkent shahar ma’muriy sudining 2020 yil 30-oktabrdagi hal qiluv qaroriga asosan arizachi UzAuto Motors AJning javobgar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan maxsus komissiyasining 21/31-sonli ish bo‘yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyat arizasi qanoatlantirildi.

Sud jarayonlari orasida UzAuto Motors kompaniyasi turli bayonotlar qilib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini OAVga bosim o‘tkazayotganlikda aybladi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi esa UzAuto Motors’ni davlat organiga nisbatan axloqiy me’yorlardan chiqmagan holda mulohaza yuritishga chaqirdi. Yakunda UzAuto Motors’ning mazkur ayblovi o‘z tasdig‘ini topmadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 181
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 159
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 212
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 370
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 205
  • So'nggi yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 0
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 0
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 94
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • Bo‘limlar