“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 13:40
ЎЗO‘Z

Koronavirusga qarshi vaksina sinovlarida kimlar ko‘ngilli sifatida qatnashishi mumkinligi ma’lum qilindi

30 okt, 19:20 2 105 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusga qarshi vaksina sinovlarida kimlar ko‘ngilli sifatida qatnashishi mumkinligi ma’lum qilindi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Odilova vaksinani sinovdan o‘tkazishda ushbu kasallikka chalinmagan va organizmida immunoglobulin G shakllanmagan ko‘ngillilar qatnashishi mumkinligini ma’lum qildi.

«Har bir mamlakatda yangi dori-darmonlar ishlab chiqarilganidan keyin u bir necha bosqichda sinovlardan o‘tkaziladi, jumladan vaksinalar ham.

Sinovda qatnashish uchun ko‘ngillilar o‘z xohishlariga ko‘ra tanlab olinadi. Koronavirus kasalligiga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishda ushbu kasallikka chalinmagan va organizmida immunoglobulin G shakllanmagan ko‘ngillilar qatnashishi mumkin», dedi shtab a’zosi AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

Shuningdek, dokadan tikilgan niqob necha qavat bo‘lishi kerakligi haqida ham ma’lumot berildi.

«Niqob faqat foydalanish qoidalariga to‘g‘ri rioya qilingandagina samarali bo‘ladi. Buning uchun niqobni to‘g‘ri tanlash (maxsus matodan tayyorlangani, uy sharoitida kamida 6-8 qavatli dokadan), uni to‘g‘ri taqish (burun va og‘izni to‘liq yopishi), tez-tez almashtirib turish (har 2-3 soatda) zarur.

Tibbiy niqobni taqishdan maqsad – havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan kasalliklar tarqalishining oldini olish. Bemor niqobni kasallik manbasi bo‘lmaslik uchun ham taqishi kerak. Sog‘lom insonlar esa kasallikdan o‘zlarini muhofaza qilish uchun ham undan foydalanishlari zarur.

Bemor niqobni xonada bir o‘zi bo‘lganda taqmasligi mumkin, biroq ushbu xonaga bemorni parvarishlovchi oila a’zolari kirganida albatta niqobda bo‘lishi, xonada har 2 soatda namli tozalash ishlari o‘tkazilishi va kuniga 3-4 mahal shamollatib, toza havo kelishini ta’minlash zarur. Mana shunda xonada virusning turli sath va yuzalarda o‘tirib qolishining oldini olgan va xonada virus to‘planishidan himoyalangan bo‘lamiz.

Bemorda kasallikning og‘ir yoki yengil kechishi uning niqob taqishiga emas, balki undagi mavjud surunkali kasalliklar va ularni keltirib chiqaruvchi xavf omillarining (noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy nofaollik, zararli odatlarga berilganlik) mavjudligi sabab bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun bemor albatta oilaning boshqa a’zolaridan alohidalanishi, kuniga kamida 3-4 litr iliq holdagi suyulik ichishi, kuniga 5-6 mahal ovqatlanishi (bunda asosiy e’tibor suyuq ovqatlar va xom meva va sabzavotlarga qaratilishi lozim), holatiga ko‘ra jismoniy faol bo‘lishi, ayniqsa nafas mashqlarini bajarishi va to‘g‘ri parvarishlanishi juda zarur. Eng asosiysi – barcha davo muolajalari faqat shifokor tavsiyasiga muvofiq bajarilishi kerak», dedi u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 73
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 535
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 485
  • So'nggi yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 0
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 83
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 40
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 234
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bo‘limlar