“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2020, 19:20
ЎЗO‘Z

Faqat o‘pkani rentgen qilish orqali koronavirusga tashxis qo‘yish mumkinmi?

28 okt, 22:53 971 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Faqat o‘pkani rentgen qilish orqali koronavirusga tashxis qo‘yish mumkinmi? Koronavirusga tashxis qo‘yish faqatgina o‘pkani rentgen qilish bilan emas, bir qancha ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ma’lum qildi.

Jumladan, mutaxassis «Bizda o‘pkani rentgen qilish orqali koronavirusga tashxis qo‘yilyapti, bu qanchalik to‘g‘ri?», degan savolga izoh berib o‘tgan.

- "Ushbu kasallikka tashxis qo‘yish faqatgina o‘pkani rentgen qilish bilan emas, bir qancha ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Burunning hid bilishi, ta’m bilishning yo‘qolishi, qolaversa, isitma ko‘tarilishi, nafas qisishi, odam o‘zini holsiz sezishi va shunga o‘xshash klinik belgilari bor. Kasallikka to‘g‘ri va to‘liq tashxis qo‘yilishida PZR usulida tekshiruv bizda yetakchi o‘rinda turadi. Agar PZR tekshiruvi manfiy natija bersa, lekin bemor o‘zini yomon his qilsa, quruq yo‘tal alomatlari bo‘lsa, IFA usulida ham tekshiruvlarni amalga oshirish taklif etiladi. Chunki IFA usulida bemorda kasallikning qay darajada kechayotganligi, faol yoki kasallanib tuzalayotganligi, ya’ni Immunoglobulin G yoki M paydo bo‘lganiga qarab turib axborot olishimiz mumkin", - deydi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koronavirusga qarshi kurashish shtabining yana bir a’zosi Nargiza Nurullayeva koronavirusning eng ko‘p uchraydigan belgilarini foizlar nisbatida ma’lum qilgan, virusning boshqa shamollash va o‘tkir respirator kasalliklardan farqli bo‘lgan jihatlari, eng erta paydo bo‘ladigan alomatini aytgan edi.

Shuningdek, Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti rektori, professor Habibulla Oqilov chidab bo‘lmaydigan og‘riqlar, jumladan, bosh og‘riqlari, to‘xtamasdan qayt qilish, va intensiv diareya ham koronavirus bemorlarini statsionar sharoitda shifoxonada davolashga ko‘rsatma sanalishini bildirgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Koronavirusga gumon qilinganda o‘pkani kompyuter tomogrammasi qilish kerak emas 09 okt, 18:00
  • Koronavirus bilan og‘riganlarning 13 nafarida zotiljam paydo bo‘lgan 26 mar, 17:30
  • O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 37 nafarga yetdi 21 mar, 11:37
  • Koronavirus: alomatlar, asoratlar, tashxis 21 mar, 08:57
  • Koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlarning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berildi 20 mar, 16:38
  • Vazirlik: O‘zbekistonda koronavirusni tashxislash bo‘yicha imkoniyat yetarli 17 mar, 21:00
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi tashkil etildi 05 dek, 18:55 0
  • 605 million so‘mlik tibbiy buyumlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi 05 dek, 18:30 1
  • Soch to‘kilishiga qarshi yordam beradigan kutilmagan vosita nomi ma’lum qilindi 05 dek, 18:00 0
  • "Spartak" Oston O‘runov transferi bo‘yicha rasmiy taklif oldi 05 dek, 17:25 219
  • 600 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan tovarlar to‘xtatib qolindi 05 dek, 16:57 141
  • Salkam 2 milliard so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi 05 dek, 16:30 159
  • “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning kuchi nimada? 05 dek, 16:00 272
  • Qonun hujjatlari loyihalari davlat tilida tayyorlanishi lozim 05 dek, 15:23 206
  • Menni Pakyao 2022 yilda Filippin prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi 05 dek, 14:49 227
  • Burak O‘zchivit va O‘zge Torer: Ularning munosabati ishdagi ishqmi yoki mish-mish? 05 dek, 14:14 339
  • Inqiroz-2021: kelayotgan yil so‘nggi 75 yildagi eng og‘iri bo‘lishi mumkin 05 dek, 13:40 696
  • 2020 yilning eng yaxshi avtomobili aniqlandi 05 dek, 13:09 559
  • Bo‘limlar