“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2020, 20:58
ЎЗO‘Z

Ichki ishlar organlari xodimlari ham niqobsiz yurishga oid ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘ldi

28 okt, 21:25 857 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ichki ishlar organlari xodimlari ham niqobsiz yurishga oid ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘ldi Kuni kecha “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi.

Ushbu Qonun bilan MJtK 248-moddasining birinchi qismiga qo‘shimcha kiritilib, unga ko‘ra, ichki ishlar organlari ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar ro‘yxatiga epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish(MJtK 54-modda) ham kiritildi.

Bu nimani anglatadi?
Ma’lumki, MJtK 54-moddasi ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda karantin sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish uchun javobgarlik nazarda tutilgan.

Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzishga oid huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqishga ichki ishlar organlarini vakolatli etib belgilash shundan dalolat beradiki, endilikda ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolarning jamoat joylarida niqobsiz yurish holati bilan bog‘liq ma’muriy ishlarni ham davlat sanitariya nazorati organlari xodimlarining ishtirokisiz, o‘zlari mustaqil ko‘rib chiqa oladi.

Kodeksga kiritilgan so‘nggi qo‘shimchalardan shuni anglash mumkinki, ichki ishlar organlarining quyidagi toifadagi xodimlari karantin qoidalarini buzishga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo qo‘llashga vakolatli etib belgilandi:

Bunga qadar ushbu turdagi huquqbuzarliklarga oid ishlar davlat sanitariya nazorati organlari xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilardi.

Shuningdek, Kodeksning 291-moddasiga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, unga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi munosabati bilan tegishli hududlarda yoki ob’ektlarda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilgan sharoitlarda transport vositalari haydovchilari tomonidan ushbu Kodeks 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda, transport vositalarini ushlab turish ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilguniga qadar amalga oshirilishi belgilandi.

Bunda bir jihatga e’tibor qilish lozim bo‘ladi: transport vositalarini ushlab turish ichki ishlar organlari tomonidan faqatgina ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilguniga qadar amalga oshirilishi mumkin. Ya’ni, ichki ishlar xodimi ma’muriy ishni ko‘rib bo‘lib, ma’muriy jazo chorasini tayinlash to‘g‘risida qaror chiqarganidan so‘ng, transport vositasi qo‘yib yuborilishi lozim bo‘ladi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Endi jarima qo‘llashlar ko‘payadi. Ichki ishlar xodimlariga qo‘shimcha vakolatlar berildi 21 okt, 23:55
  • O‘zbekistonda epidemiya qoidalarini buzib harakatlanayotgan transportlarni ushlab turish tartibi joriy etiladi 21 okt, 19:26
  • Karantin qoidalari buzilganligi uchun avtomobilni jarima maydonida ushlab turish qonuniylashtiriladimi? 24 sen, 16:15
  • Karantin qoidalariga umuman rioya qilmay qo‘yganlar ko‘paydi 18 мая, 23:25
  • Jamoat joylarida niqobsiz yurganlar ishi sudda ko‘rilmoqda 25 mar, 19:14
  • Endi qonunchilikda «militsiya» so‘zi umuman ishlatilmaydigan bo‘ldi 24 мая, 13:06
  • So'nggi yangiliklar
  • Banklar mijozlarni haydovchilik guvohnomasi bilan identifikatsiya qilishi mumkin 26 noya, 20:13 1
  • Obama memuarida dunyo siyosati yetakchilari haqida nimalar yozdi? 26 noya, 19:36 85
  • Peshob tuta olmaslik: sabablari va profilaktikasi 26 noya, 19:00 259
  • Rossiya raketaga qarshi yangi tizimni sinovdan o‘tkazdi 26 noya, 18:34 348
  • Oyoq hidlanishining sabab va yechimlari 26 noya, 18:00 538
  • Viloyat hokimi: «Qashqadaryo korrupsiya eng ko‘p qayd etilgan hudud deya topilgan» 26 noya, 17:30 336
  • Komil Allamjonovdan sirli munosabat: «Exxx... No comment...» 26 noya, 17:00 670
  • Chinozda 5 ming tonnalik yoqilg‘i sisternasida yong‘in chiqdi 26 noya, 16:32 279
  • Toshkent viloyatida noqonuniy pirotexnika va dori vositalari ushlab qolindi 26 noya, 16:05 191
  • Qo‘qonda 300 dollarini so‘mga alishtirib berishini aytib, o‘smirni aldab ketgan shaxslardan biri qo‘lga olindi 26 noya, 15:33 333
  • «To‘xtash taqiqlanadi» belgisi ostida qoldirilgan IIBga qarashli Lacetti hamda Captiva’ga jarima belgilandi (video) 26 noya, 15:04 594
  • Jizzaxda chuqurligi 19 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketgan 69 yoshli ayol qutqarib olindi 26 noya, 14:33 554
  • Bo‘limlar