“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 21:15
ЎЗO‘Z

Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinani ishlab chiqarish boshlandi

28 okt, 00:30 2 125 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyada koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinani ishlab chiqarish boshlandi Rossiyaning «Vektor» virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi mamlakatdagi koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinani ishlab chiqarishni boshladi. Meduza’ning «RIA Novosti»ga tayanib xabar berishicha, bu haqda «Rospotrebnadzor» rahbari Anna Popova ma’lum qilgan.

«EpiVakKorona» Rossiyaning koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinasidir. Ushbu vaksina uchun sentabr oyi oxirlarida patent olingan. Vaksina mushak ostiga jo‘natiladigan suspenziya shaklida ishlab chiqariladi.

Rossiyada patentlangan va ro‘yxatga olingan COVID-19’ga qarshi birinchi vaksina Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya markazi tomonidan yaratilgan «Sputnik-V» vaksinasidir. Yana bir vaksina klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda.

Anna Popovaning aytishicha, «koronavirus infeksiyasiga qarshi har bir vaksina o‘z maqsadli auditoriyasiga ega bo‘ladi». Shifokorlar muayyan bemorga qaysi vaksinani tayinlashni tanlashi mumkin bo‘ladi.

«Rospotrebnadzor» ma’lumotlariga ko‘ra, vaksinada tirik virus yo‘q bo‘lib, u sintezlangan sun’iy peptidlar hisobiga immunitetni shakllantiradi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur dori vositasi yuqori darajali xavfsiz hisoblanadi.

«EpiVakKorona»ning ko‘ngillilar ishtirokidagi tadqiqoti 27 iyul kuni boshlangan, 8 sentabr kuni statsionardan sinov ishtirokchilarining so‘nggi guruhiga javob berilgan. Barcha ishtirokchilarda immunitet shakllangan. Vaksina klinik sinovlargacha bo‘lgan bosqichda ham o‘z samaradorligini namoyon etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 4
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 25
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 52
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 147
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 185
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 0
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 0
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 3
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 24
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 78
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 159
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Bo‘limlar