“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 06:48
ЎЗO‘Z

Koronavirus tufayli odamlarda hid bilish sezgisi yomonlashmoqda. Bu uzoq davom etadimi?

27 okt, 21:15 2 073 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus tufayli odamlarda hid bilish sezgisi yomonlashmoqda. Bu uzoq davom etadimi? Koronavirusga chalingan ko‘plab bemorlar hid bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilishmoqda. Kimdir hid sezish qobiliyatini butunlay yo‘qotgan (bu vaziyat anosmiya deb ataladi), boshqa birov uni yomonroq seza boshlagan (giposmiya), kimningdir esa bu sezgisida nosozlik kuzatilib, hamma narsa ko‘ngilni ozdiruvchi hid taratayotgandek (parosmiya). Ba’zida bu kabi holat kovidning yagona alomati bo‘lsa, ba’zan boshlang‘ich, ba’zan esa eng so‘nggi belgisidir.

Quyida shunga va shu kabi holatga tushgan odamlarning o‘zini qanday his qilishiga doir bir qancha tushuntirishlar keltiriladi.

Hid bilish muammolari tez-tez kuzatilmoqdami?
Bu haqda ishonchli ma’lumotlar yo‘q. Ammo mavjud so‘nggi ma’lumotlar tahlilidan birida aytilishicha, bu koronavirusga chalingan yevropaliklar orasida har ikkinchi odamda, Osiyo mamlakatlaridagi bemorlarning esa 17 foizida kuzatilmoqda.

Umuman olganda sabab nima?
Bir necha nazariyalar mavjud:
1. Burun shilliq qavati shishishi yoki burun to‘lib qolishi oqibatida hid uchun javob beruvchi molekulalar va ularni qabul qilib oluvchi retseptorlar o‘rtasidagi aloqa to‘silishi mumkin. Bu holat tumovga olib keluvchi virusli infeksiya kasalliklarida tez-tez sodir bo‘ladi. Ushbu nazariya bilan bog‘liq muammo shundaki, kovidning tumov alomatlari kuzatilmagan bemorlarida ham anosmiya va giposmiya rivojlanadi.

2. Hid haqidagi ma’lumotni uzatishga javobgar bo‘lgan asab hujayralari o‘ladi, natijada bu ma’lumotlar miyaga yetib bormaydi. Bemorlarning katta qismida hid sezish qobiliyati asab hujayralaridan ko‘ra tezroq tiklanishi shubha uyg‘otadi. Bundan tashqari, koronavirus asab hujayralariga yopishib, ularning ichiga kira olmaydi, chunki ularda koronavirusning hujayraga kirishida odatiy yo‘lak vazifasini bajaruvchi maxsus «eshik»lar (ya’ni retseptorlar) mavjud emas.

3. Virus miyaning hid uchun javob beruvchi qismlariga chuqurroq kirib boradi. Natijada, ularning faoliyati buziladi va hid sezilishi yo‘qoladi. Ammo bunda ham muammo shuki, yetkazilgan bunday shikastlar ko‘p sonli bemorlarning tez qayta tiklanishiga imkon bermagan bo‘lardi.

4. Hid bilish tizimida qo‘llab-quvvatlovchi funksiyani bajaradigan hujayralar zararlanadi. Ular hidni qabul qilishning eng birinchi bosqichida qatnashadigan asab hujayralariga yordam beradi. Natijada asab hujayralari vaqtincha ishdan chiqadi. Ushbu nazariyaning yana bir tomoni shundaki, qo‘llab-quvvatlovchi hujayralar yangi koronavirus uchun zarur bo‘lgan retseptorlarga ega. Nazariy jihatdan, virus ushbu hujayralar orqali miyaning hidni tanish uchun javob beradigan qismlariga kirib, zarar ko‘lamini yanada kengaytirishi mumkin.

Asab hujayralari tiklanishga harakat qilganda va hali kerakli darajada ishlay olmagan vaqtda parosmiya paydo bo‘lib, hidlar ko‘ngil aynitish darajasida qabul qilinishi mumkin. Ammo, tan olish kerakki, olimlar uning sabablarini o‘rganishga kamroq e’tibor berishadi.

Hid uzoq vaqtga yo‘qoladimi?
Hid sezish o‘rtacha sakkiz-to‘qqiz kundan keyin tiklanadi. Ammo ba’zi odamlarda ba’zi sabablarga ko‘ra odatiy hid sezish hissi boshqa barcha alomatlar yo‘qolganda ham qaytmaydi. Afsuski, hid sezish qobiliyati barcha bemorlarda tiklanishi yoki tiklanmasligi haqida haqiqatan ham kam narsa ma’lum. Italiyada o‘tkazilgan va 138 kishi ishtirok etgan kichik bir tadqiqotda bemorlar 60 kun davomida kuzatuvga olingan (bu hidni yo‘qotishga qaratilgan tadqiqot uchun rekord darajadagi muddat). Xulosada aksariyat bemorlarda hammasi joyida ekani aniqlandi, ammo 15 foiz ishtirokchida kichik buzilishlar saqlanib qoldi, 6 foizida esa yanada yomonroq: ular tadqiqot yakunida ham hidlarni deyarli yoki umuman sezishmadi.

Davosi bormi?
Noma’lum. Shifokorlar boshqa sabablarga ko‘ra hid sezish qobiliyatini yo‘qotgan odamlarga kutish, ovqatlanish muvozanatini ta’minlash va iloji boricha mashq qilishni tavsiya etishadi. Bir qator tadqiqotlarda ushbu usul o‘zining samaradorligini ko‘rsatdi: odamlar har kuni juda kuchli iforni hidlashdi (ularga navbat bilan bir nechta iforlar berildi). Natijada ularning ahvoli yaxshilandi. Ushbu usul kichik bo‘lsa ham samaradorlik ko‘rsatganligi va xavfli emasligi sababli, biror infeksiyalanishdan keyin hid sezgisi yo‘qolganida ushbu maslahatlar tavsiya etiladi.

Batafsil ma’lumot bormi?
Ha. Agar bu kabi mashqlarni bajarish tafsilotlari bilan qiziqsangiz, ularni bu yerdan topishingiz mumkin (yodda tutingki, onlayn tarjimonlar hozir juda yaxshi ishlayapti). Qisqa talqin:

1. Turli hidli moddalarni o‘z ichiga olgan to‘rtta yopiq konteyner oling (mashqda odatda, birinchi tadqiqotda bo‘lgani kabi, limon, evkalipt, atirgul va chinnigul kabi iforga ega narsalardan foydalaniladi).
2. Idishni oching, hidlang va har bir iforni qanday his qilganingizni besh balli shkala bo‘yicha baholang. Natijani sana bilan qayd eting. Endi siz qayerdan boshlashingizni bilasiz. Vaqti-vaqti bilan qayd etish orqali progressni payqash mumkin.
3. Kuniga ikki marta 20 soniya davomida idishdagi narsalarni hidlang. Buni har birida qisqa tanaffuslar bilan bajaring. Shu hidga ega narsani tasavvur qilgan holda diqqat bilan hidlang. Mashqlarni yoddan chiqarmaslik uchun idishlarni ko‘rinadigan joyga qo‘ying.

Agar hidlar yoqimsiz bo‘lib qolsa-chi?
Parosmiyaga kelsak, odatda avvalo uning sababini bartaraf etish tavsiya etiladi (masalan, burun bitishi yoki og‘izning patologik qurishi), ammo kovid holatida, afsuski, buning iloji yo‘q: hali ham muayyan davolash usuli topilmagan, parosmiya esa virus tanadan chiqib ketgandan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin.

Shifokorlar ba’zi dorilarni ham qo‘llaydi, ammo ularning foyda keltirishi gumon ostida, huquqiy nuqtayi nazardan ham ularni bemorlarga tayinlash xavfsiz emas. Juda kam hollarda parosmiyaga uchragan bemorlarda hid bilish qismidagi shilliq qavat olib tashlanadi.

Hid bilish qobiliyatini yo‘qotgan bemorga yana nima maslahat beriladi?
Uyingizga tutun datchigi va gaz sizib chiqishiga qarshi detektor sotib olishni unutmang.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 0
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 158
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 238
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 65
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 27
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 155
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 158
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 238
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 180
  • Bo‘limlar