“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 18:49
ЎЗO‘Z

Nazorat kassa mashinasidan xarid cheki bermagan korxonaga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

27 okt, 18:18 2 112 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nazorat kassa mashinasidan xarid cheki bermagan korxonaga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi Toshkent viloyatida kuz-qish mavsumida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, narxlarning asossiz o‘sib ketishining oldini olish va mahsulotlarni uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida soliq organlari xodimlari tomonidan soliq hamkor tizimi orqali kelib tushgan murojaatlar asosida sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, hududlar bo‘yicha 16 ta bozor hamda mavjud chakana savdo shoxobchalariga davlat soliq inspeksiyalaridan mas’ul xodimlar biriktirildi. Joylarda aniqlangan narxlarning asossiz oshirilishi holatlari haqida zudlik bilan viloyat soliq boshqarmasiga axborot berilib, ularning har biri bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar viloyat aholisini asosiy 9 turdagi mahsulotlar, ya’ni go‘sht, tuxum, kartoshka, piyoz, sabzi, guruch, un, o‘simlik yog‘i va shakar bilan uzluksiz ta’minlash va narxlar barqarorligini saqlash belgilab olingan vazifalarni izchil amalga oshirish aholining osuda, to‘kin turmush kechirishiga xizmat qilmoqda.

Olib borilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan, ayrim savdo majmualarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshirilishi holatlari kuzatilmoqda. Davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan narx-navoni doimiy nazorat qilish maqsadida navbatdagi o‘rganish tadbiri Qibray tumanidagi “PAFIQA NRF” korxonasida o‘tkazildi. Aniqlanishicha, davlat narxi 5800 so‘m etib belgilangan shakar mahsuloti mazkur savdo majmuasida 6 400 so‘m miqdorida sotilgan.

Shuningdek, iste’molchilarga xaridlari uchun nazorat kassa mashinasidan xarid cheki berilmaganligi holatlari ham aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan qo‘yilgan xato va kamchiliklarni inobatga olgan holda tezkorlik bilan korxona rahbariga narx-navoning sun’iy oshirganligi uchun ogohlantirish berilib, iste’molchilarga nazorat kassa mashinasidan xarid cheki berilmaganligi ya’ni soliqqa oid huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygani uchun javobgarlik chorasi sifatida korxonaga nisbatan 5 mln. so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Ta’kidlash kerakki, joriy yilning o‘tgan davrida viloyat bo‘yicha jami 158 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, chora ko‘rish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi va huquqbuzarlardan 529,2 mln.so‘mlik tovar-moddiy boyliklar belgilangan tartibda olib qo‘yildi.

Jumladan:
54 holatda 87,2 mln. so‘mlik kartoshka;
12 holatda 7,9 mln.so‘mlik piyoz;
21 holatda 11,7 mln.so‘mlik o‘simlik yog‘i;
40 holatda 116,6 mln.so‘mlik boshqa turdagi tovarlar olindi.

Mazkur profilaktik tadbirlar viloyat bo‘yicha davom etmoqda.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 27
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 113
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 4
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 26
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 32
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 27
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 176
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 27
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 113
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 224
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 112
  • Bo‘limlar