“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 05:33
ЎЗO‘Z

Koronavirusga chalingan bemorlar bizga aytishni istaydigan 8 tavsiya

27 okt, 14:30 2 312 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusga chalingan bemorlar bizga aytishni istaydigan 8 tavsiya Foto: «Domashniy ochag»
Virus hujumidan omon qolganlar ko‘p narsaning guvohi bo‘ldi. Ular chinakamiga sinovdan o‘tdi, kasallikni o‘z organizmida his qildi va kerakli xulosalarni chiqardi. Koronavirusga chalingan insonning hikoyasini bilan siz ham tanishing, bemor atrofdagilar bilan birga boshidan kechganlarini baham ko‘rishni istaydi.

Virus o‘rmondagi yong‘in kabi tezlikda tarqaladi
COVID-19 tashxisi qo‘yilgan Siettldagi ruhoniy Trevor Menkin virusning odamdan odamga qanchalik oson va tez tarqalishidan dahshatga tushdi. 2020 yilning 1 martida Trevor shifoxonada davolanayotgan do‘stini ko‘rgan borgan. Keyinchalik unga ham koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Ammo Trevor barcha ehtiyot choralarini ko‘rgan edi, masofa saqlash, qo‘lqop va niqobdan foydalanish kabi. Oradan bir necha kun o‘tib, Trevorning turmush o‘rtog‘i kasallikka chalindi.

Ikkisida ham virus alomatlari paydo bo‘la boshlagan. Shuningdek, Trevorning hattoki ular ko‘rishmagan bo‘lsa ham, faqat Trevordan so‘ng ishxonaga tashrif buyurgan yordamchisida ham kasallik alomatlari kuzatilgan. Demak, kasallik bevosita aloqada bo‘lishdangina yuqmaydi, u har qanday joyda saqlanib qolaveradi va odamlarni zararlashga qodir. Virus insonlar o‘ylagandan ham ko‘ra tezroq harakat qiladi. Shuning uchun ijtimoiy masofani saqlash, himoya vositalaridan foydalanish juda muhim.

U gripp yoki kuchli shamollashga o‘xshamaydi
Ko‘pincha COVID-19’ni grippga o‘xshatishadi, ammo bunday emas. Ular faqat kasallikning boshlang‘ich qismidagina o‘xshashi mumkin. Boshqa bemorlarning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning orasidagi farq juda katta. Yuqori isitma, havo yetishmasligi kabilar muntazam kuzatiladi. Yana bir bemor esa u «g‘alati« kunlarni shamollashga qiyoslanishini xohlamaydi. Sababi uning ahvoli shunchalar og‘ir ediki, bosh og‘rig‘i, nafas olishda qiyinchilik, hatto yotoqdan turishga ham kuchning yetishmasligi — bularning hammasi koronavirus alomati edi.

Alomatlar yengil bo‘lsa-da, kasallikka jiddiyroq e’tibor qaratish kerak
Koronavirus bilan kasallanganlarning 80 foizi nisbatan yengil alomatlar – yengil isitma, quruq yo‘tal kabilar bilan kifoyalandi. Bir-ikki haftadan so‘ng ular tezda oyoqqa turib ketdi. Ammo qolgan 20 foiz bemor qanchalar azob chekishga majbur bo‘ldi. Balki, yengil alomatni boshdan o‘tkazayotganlar jamoat joylarida bemalol yurgandir. Lekin kasallikni tarqalishiga sabab bo‘layotgan bunday insonlar boshqalarga nisbatan xudbinlik qilayotgani turgan gap. Ular yuqtirgan boshqa bir bemorning surunkali kasalligi bo‘lsa-yu, yana virus bilan kurashishga kuchi yetmasa… Shuning uchun har qanday darajadagi koronavirus kasalligidan himoyalanish va boshqalarni himoyalash uchun zarur choralarni ko‘rish lozim.

Koronavirusga chalinmaganlar ham o‘zini bemor kabi tutishi kerak
Koronavirus alomatlari sezilsa-yu, test topshirishni iloji bo‘lmasa, bemor o‘zini kasallik tashxisi qo‘yilgandek tutishi va shunga yarasha davolash ishlarini olib borishi kerak. Shuningdek, o‘zini yakkalash va himoyalash choralariga alohida e’tibor berish zarur.

Yordam berish va yordam olishdan uyalmang
Koronavirus sabab odamlarda yo‘qolib ketayotgan qadr tuyg‘usi ortga qaytdi. Insonlar bir-biridan uzoqlashib borayotgan bir paytda pandemiya tufayli birlashdi. Kimdir kasallikka chalingan qarindoshiga ro‘zg‘or uchun kerakli mahsulotlarni yetkazdi. Yana bir oila boquvchisi kasallanib, shifoxonada bo‘lganida unga yordam qo‘lini cho‘zishdi. Yana kimlardir ijtimoiy tarmoqlar yoki telefon orqali qo‘llab-quvvatladi. Bu kabi ishlar insonga yana kuch va g‘ayrat bag‘ishlaydi. Tuzalib ketishiga umid beradi.

Vahimaga tushishning foydasi yo‘q
Ilk kasallik tarqala boshlagan bir paytda barcha vahimaga tushgan holda do‘kondan ko‘proq narsalarni xarid qilishga oshiqdi. Ammo ularning birortasi foyda bermaydi yoki bu kasallik yuqishining oldini olmaydi. Uning o‘riniga kasallikdan to‘g‘ri himoyalanish, immunitetni yaxshilovchi vitaminga boy mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Yangiliklarni ko‘rishni cheklash
Bemor inson odatda kasallik borasida efirga uzatilayotgan har qanday yangilikni o‘tkazib yubormaydi. Qancha odam kasallandi va yana qanchasi kasallik tufayli vafot etmoqda kabi xabarlar inson ongiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Kasallik kechishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun iloji boricha yaxshi narsalarni eshitish, o‘qish va tomosha qilishga harakat qilish zarur.

Irodali bo‘lish kerak
Tasavvur qiling, siz koronavirus bilan kasallandingiz va vahimaga tushasiz. Albatta, kasallik juda qo‘rqinchli. Inson xayoliga har qanday holat kelishi mumkin. Lekin bu qo‘rquv oila a’zolaringizni ikki marta ko‘proq qiynalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham kasallikka chalingan bemorlar imkon qadar irodali bo‘lishga, yaxshi niyat va kelajakda hali ko‘p ishlarni amalga oshirish uchun umidini so‘ndirmasligi kerak. Bu bemor va uning atrofidagi barcha insonlar uchun eng yaxshi chora hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 91
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 48
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 233
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 239
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 28
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 15
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 27
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 34
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 102
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 45
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 65
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 73
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 125
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 206
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 155
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 78
  • Bo‘limlar