“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 09:20
ЎЗO‘Z

Amerikalik astronavt fazodan turib AQSH prezidenti saylovlarida ovoz berdi

27 okt, 08:09 1 807 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amerikalik astronavt fazodan turib AQSH prezidenti saylovlarida ovoz berdi Foto: twitter.com/NASA_Astronauts
Hozirda Xalqaro koinot stansiyasida faoliyat olib borayotgan amerikalik ayol astronavt Ketlin Rubins AQSH prezidenti saylovlarida muddatdan oldin ovoz berdi. Bu haqda uning o‘zi ma’lum qildi.

“Men bugun ovoz berdim”, deb yozgan Rubins tvitterda va xabarga stansiya kayutasida tushgan suratini ilova qilgan. Suratda fazogir ortida “XKSda ovoz berish xonasi” degan hazilona yozuvni ko‘rish mumkin.

Ketlin XKSga 14 oktabrda rossiyalik fazogirlar Sergey Rijikov va Sergey Kud-Sverchkov bilan birga yetkazilgandi. Bu parvoz ayol fazogirning orbitaga ikkinchi parvozi hisoblanadi. Bundan tashqari, Ketlin 2016 yildagi birinchi parvozi vaqtida 2 marta ochiq fazoga chiqqan.

AQSH prezidenti saylovlari 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi, biroq AQSHning bir qator shtatlarida muddatdan oldin ovoz berish boshlangan. Saylovlarda amaldagi prezident Donald Tramp va sobiq vitse-prezident Jo Bayden kurash olib boradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 1
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 1
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 127
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 683
  • Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi» 23 apr, 20:00 712
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 189
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 0
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 0
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 1
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 4
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 21
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 8
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 23
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 73
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 180
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 385
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 118
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 124
  • Bo‘limlar