“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 15:43
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda go‘sht narxining qimmatlashishiga sabab bo‘layotgan omillar sanab o‘tildi

26 okt, 23:05 2 888 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda go‘sht narxining qimmatlashishiga sabab bo‘layotgan omillar sanab o‘tildi O‘zbekistonda go‘sht mahsulotlarining qimmatlashishiga yem-xashak xom ashyosi narxining oshishi, qoramol importining qisqarishi, shuningdek, karantin yengillashtirilgani va umumiy ovqatlanish maskanlarining qayta ish boshlagani ortidan talabning ortib ketgani sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining sentabr oyida kuzatilgan inflyatsiya darajasiga oid ma’lumotlarida keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida tuxum (6,5 foiz), go‘sht, tovuq go‘shti, baliq (3,8 foiz) va meva-sabzavotlar (3 foiz) narxida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev go‘sht, tuxum, o‘simlik yog‘i va shakar narxining keskin oshishi aholi orasida norozilik keltirib chiqarganini ta’kidlagandi. Shundan so‘ng qimmat go‘sht (lahm) bozorlar va yirik supermarketlar peshtaxtasidan yo‘qolib qolgan, ammo jamoatchilikning go‘sht narxiga bo‘lgan noroziligi o‘zgarmadi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oyidagi inflyatsion dinamika tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, narxlar o‘sishining asosiy sababi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishining konyunkturasi bo‘lib, bu o‘z navbatida go‘sht va yog‘-moy mahsulotlari, non mahsulotlari va tuxum narxlarining qimmatlashishi, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlari narxining mavsumiy oshishi bilan izohlanadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan mahsulot guruhlaridan, birinchi navbatda, go‘sht narxi o‘sishining asosiy sabablari quyidagilardir:

Ta’kidlanishicha, sentabr oyida iste’mol narxlari indeksi oylik 1,4 foizni tashkil etgan. O‘tgan yilning mos davrida mazkur ko‘rsatkich 1,3 foizga teng bo‘lgan.

«2020 yil boshidan buyon oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasi 7,5 foiz (2019 yilning shu davrida – 8,5 foiz) darajasida va yillik hisobda – 17,7 foiz darajasida shakllandi», — deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Qayd etilishicha, go‘sht mahsulotlarining narxi sentabrda 3,8 foizga (umumiy ko‘rsatkichdagi ulushi – 0,39 f.b.) o‘sgan. Xususan, qo‘y go‘shti — 5,7 foizga, mol go‘shti — 5–5,4 foiz oralig‘ida, qiyma — 4,2 foizga, kolbasa — 1,8–1,9 foiz oralig‘ida, baliq va baliq konservalari o‘rtacha 0,5 foizga, parranda go‘shti va go‘sht mahsulotlari — 0,3 foizga qimmatlashdi. Bundan tashqari, yog‘ va moylar narxi o‘rtacha 2,3 foizga ko‘tarilgan.

«Tuxum narxi o‘rtacha 6,5 foizga qimmatlashib, umumiy INIning 0,06 f.b.ga ko‘tarilishini ta’minladi. Ichki bozorda tuxum narxining oshishiga parranda ozuqasi narxlarining 10 foizga ko‘tarilishi (jumladan, bug‘doy narxining 23 foizga, makkajo‘xori – 28 foizga, soya ozuqasi – 20 foizga) va ularga bo‘lgan talabning mavsumiy ortishi, hamda ko‘plab parrandachilik xo‘jaliklaridagi tovuqlar yangilanishi (1,8 million tovuq) bilan bog‘liq bo‘ldi», — deyiladi ma’lumotnomada.

Yuqoridagi omillardan va dunyo hamda O‘zbekistondagi go‘sht narxlarining hamohang harakatidan kelib chiqib, go‘sht mahsulotlari narxining o‘sishi nafaqat tashqi omillar, balki ichki bozorlardagi tartibga solinish mexanizmlarining samarasizligi tufayli yuzaga kelgan deyish mumkin.

«Bu o‘z navbatida ishlab chiqarish darajasining kamtarona o‘sishiga qaramasdan, go‘sht mahsulotlarini yetkazib berishning yetarli darajasini ta’minlash uchun ozuqa bazasining rivojlanmaganligi bilan bog‘liq», — deyiladi vazirlik xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • So'nggi yangiliklar
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 0
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 0
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 64
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 216
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Bo‘limlar