“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 16:16
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda PayPal tizimiga ruxsat berilishi mumkin

25 okt, 18:53 3 009 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda PayPal tizimiga ruxsat berilishi mumkin Markaziy bank hozirda PayPal bilan muzokaralarga kirishgan, O‘zbekistonda tizimga ruxsat berilishi va raqobatchi sifatida mamlakatning o‘z pul o‘tkazish tizimi joriy qilinishi mumkin.

Bu haqda 24 oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov IT-parkda jurnalist va blogerlar bilan tashkil etilgan uchrashuvda ma’lum qildi.

Vazir frilanserlar va aholiga qulaylik yaratish maqsadida PayPal xalqaro to‘lov tizimini O‘zbekistonda ham ishga tushirish haqida jurnalistlar tomonidan berilgan savolga qisqacha javob bergan.

«Bu faqat bizning vazirlik doirasidagi ish emas, bu Markaziy bank vakolatidagi masala. Bu idoralararo kelishuv asosida hal qilinadi. Masalaning boshqa taraflari, ya’ni PayPal to‘lov tizimining davlatlarga qo‘yadigan shartlari va Markaziy bankdan talab qilinadigan mas’uliyatlar ham bor», – deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda PayPal nima sababdan O‘zbekistonda ishlay olmasligi, mamlakat qonunchiligi jismoniy shaxslarga pullarni xorijiy valyutada saqlashga ruxsat bermasligi, elektron hamyonlar esa xorijdagi hisob raqamlarga tenglashtirilishi haqida ma’lumot berilgandi. 2019 yilning oktabrida esa qonunchilikka o‘zgartirish kiritilib, o‘zbekistonliklarga xorijda hisob raqam ochishga ruxsat berildi. Biroq hamon O‘zbekiston PayPal’ga ulanmagan Markaziy Osiyodagi yagona davlat bo‘lib qolmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 43
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 316
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 73
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 74
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 85
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 12
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 20
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 85
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 190
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 40
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 155
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 25
  • Bo‘limlar