“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 10 2024, 06:28
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Xitoy vaksinasini xarid qilishda ustuvorlikka ega bo‘lishi mumkin

22 okt, 21:17 2 267 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Xitoy vaksinasini xarid qilishda ustuvorlikka ega bo‘lishi mumkin 21 oktabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini O‘zbekistonda tashkil etish masalasi bo‘yicha Xitoy Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti va «Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical» kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan va hozirda klinik sinovda o‘tayotgan vaksina koronavirus yuza antigenining genetik-muhandislik oqsili bo‘lib, u adenovirus hamda inaktivlashgan vaksina turlari bilan taqqoslanganda yuqori darajada xavfsiz hisoblanadi. Genetik-muhandislik oqsili zararlangan organizmda aynan unga qarshi antitanachalar ishlab chiqaradi.

Muzokaralar davomida o‘tkaziladigan klinik sinovlarning barcha bosqichlari muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, O‘zbekiston ushbu vaksinani birinchilardan bo‘lib hamda arzon narxlarda xarid qilishda ustuvorlikka ega bo‘lishi ta’kidlandi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari xitoylik hamkorlar bilan emlash jarayonini tashkil etish, jarayonga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildi. Klinik sinovlar 18 va undan katta yoshdagi ko‘ngilli insonlarda o‘tkazilishi kutilmoqda. Sinov boshlanishidan oldin Xitoy Xalq Respublikasi vakillari tomonidan emlash shartlarini tushuntirishga qaratilgan bir qator treninglar o‘tkaziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 150
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 147
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 566
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 146
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 129
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 215
  • So'nggi yangiliklar
  • "Borussiya D" YECHL finalida "Real"ga mag‘lub bo‘lsa, ko‘proq foyda ko‘radi... 10 мая, 01:42 86
  • Bahslari tugamayotgan o‘yindagi eng shubhali qaror bo‘yicha ekspertlar xulosasi chiqdi 10 мая, 01:36 115
  • Sirdaryo hokimi prezident topshirig‘iga ko‘ra boyovutlik otaxonga Guliston shahridan uy sovg‘a qildi 10 мая, 01:31 37
  • Testni yechgandan keyin yo‘nalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt beriladi 09 мая, 23:17 33
  • Saudiya Arabistoni Haj mavsumida uchar taksi va dronlarni sinovdan o‘tkazadi 09 мая, 23:00 28
  • Qarish jarayonini tezlashtirib yuboradigan 5 ta mahsulot 09 мая, 22:30 84
  • Jahonga mashhur shaxslar va ularning oila a’zolari (foto) 09 мая, 22:02 123
  • Indoneziya U-23 Gvineyaga yutqazib qo‘ydi va Olimpiadaga bormaydigan bo‘ldi 09 мая, 21:46 214
  • Fransiyada tayyorlangan 140 metr uzunlikdagi baget noni Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 09 мая, 21:24 39
  • Donetskdagi harbiy to‘qnashuvda Ukrainaning 215 nafar askari halok bo‘ldi 09 мая, 21:00 560
  • Baxtiyor Saidov Pokiston prezidenti bilan uchrashdi 09 мая, 20:37 63
  • Shavkat Mirziyoyev G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi 09 мая, 20:00 152
  • Bo‘limlar